Iqtisodiyot va menejment


I SH L A B CH I Q A R I SH


Download 1.47 Mb.
bet319/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

I SH L A B CH I Q A R I SH



iste’molchi tarmoqlar


n

pirovard iste’mol


Jami:

foyda-lanish bo‘yicha YAIM



X A R A J A T L A R

Ishlab chiqaruvi tarmoqlar

n 3 2 1


a11

a12

a13




a1n

S1



















I1

G1

X1

Y1

a21

a22

a23




a2n

S2



















I2

G2

X2

Y2

a31

a32

a33




a3n









































I

oraliq


qiymat


























































II







































































































an1

an2

an3




ann

Sn



















In

Gn

Xn

Yn

Qo‘shilgan

qiymat




















IV

I + II

W1

W2










Wn



















P1

P2










Pn










III











































Im-port

M1

M2




Mn

=

I + III

Jami:

xara-jat-lar bo‘yicha

YAIM


Y1



Y2






Yn



II kvadrantda – S – (Shaxsiy iste’mol); I – (investitsiyalar); G – (davlat xaridi); X (eksport).

III kvadrantda – W – ish haqi;

P – foyda;

M – import.


5-jadval. Tarmoqlararo balans chizmasi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo‘lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.

«Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‘zgarishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.

Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, Shahar qiyofasining yomonlaShuvi va boshka Shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining Yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.

O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning Yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan Yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘griligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.




  1. ma`ruza mashg‘uloti




  1. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy qismlari.

  2. O‘zbekistoning iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanishi va iqtisodiy o‘sish omillari.

3. O`zbekistonning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va iqtisodiy o`sish muammolari.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.

Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo‘ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o‘z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni, balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o‘lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko‘ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o‘lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo‘ladi. U kishilarning ko‘plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.



Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

1. Moddiy-buyumlashgan boylik.

2. Nomoddiy boylik.

3. Tabiiy boylik.

Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi.

Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.

Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:

- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylik tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo‘ladi hamda o‘zining texnikaviy darajasi bo‘yicha yalpi milliy mahsulotning o‘sish imkoniyatini belgilab beradi;

- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy tavsifidagi ob’ektlar kiradi;

- aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo‘lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi;


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling