1-chizma. Lorens egri chizig‘i.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng Yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, SHvetsiyada esa 5,5:1ga teng.
YAlpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig‘i bilan mutloq tenglik chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (Ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik Shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko‘rsatkich o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o‘rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo‘yicha Yuqori tengsizligi tarkib topadi.
Jumladan O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqiga nisbatan alohida tarmoqlarda ish haqi darajasining o‘zgarishi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |