Asosiy tayanch tushunchalar:
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromad, Ya’ni Shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga etadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid quvvatidir.
Lorens egri chizig‘i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi.
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosat.
Do'stlaringiz bilan baham: |