Asosiy tayanch tushunchalar:
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport – iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To‘lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, Ya’ni tovarlar ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha keliShuvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |