Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat talim muassasasi "tasdiqlayman"


Amaliyot o‘tish ob’ektlarida talabalar tomonidan bajariladigan ishlar mazmuni


Download 282 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana02.11.2023
Hajmi282 Kb.
#1740772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ishlab chiqarish amaliyot dasturi Jo\'rayev.O\'.M. 1

Amaliyot o‘tish ob’ektlarida talabalar tomonidan bajariladigan ishlar mazmuni 
(amaliyot dasturi) 
 
Amaliyot dasturlari mazkur yo‘nalish (ixtisoslik) ning malakaviy talablari, 
korxona, muassasa, tashkilotlarning (amaliyot ob’ektlari) tavsifi hisobga olingan 
holda amaliyot rahbarlari tomonidan ishlab chiqiladi va ularni kafedra mudiri 
tasdiqlaydi. 
2.3. MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTINI RASMIYLASHTIRISH 
(1-ilova) 
Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita 
amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga amaliyot 
rahbariga topshiradi.Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari 
to‘g‘risida ma’lumotlar,amaliyot ob’ekti bo‘limlarining qisqacha izohi, ular amaliy 
faoliyatining 
tashkil 
qilinishi, 
amaliyot ob’ektlarining asosiy faoliyati 
ko‘rsatkichlarini, to‘plangan materiallar asosida fikr-mulohazalar, konkret taklif va 
tavsiyalarni o‘z ichiga olishi lozim. 
Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini kafedra tomonidan belgilangan 
komissiya oldida himoya qiladi.Komissiya tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib 
boruvchi o‘qituvchi, amaliyot rahbari va imkoni bo‘lsa, amaliyot ob’ektidan 
tayinlangan rahbar ham kiritiladi. 
Amaliyot bahosi talabaning kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda 
hisobga olinadi. 
Kafedraning umumiy majlisida malakaviy amaliyot natijalariga yakun yasaladi. 
Amaliyot dasturini bajarmagan yoki hisobot himoyasida qoniqarsiz baho olgan 
talaba ta’til vaqtida o‘z hisobidan qayta amaliyot o‘tishga jo‘natiladi. 
Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida institutda o‘qishi mumk
inligi 
masalasi rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan 
ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi.Hisobot uchun kerakli materiallarni 
to‘plash va uning matnini bayon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida 
amalga oshiriladi. 
Hisobot ikki qismdan: matn qismi va ilovalardan iborat bo‘lishi 


kerak.Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi. 
Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi 
lozim.Ish turlarining mazmuni kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi. 
Ushbu hisobotda talaba kelajakda amaliyot o‘tash va tashkil etish ishlarini 
yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham bayon etadi.Hisobotni asta-sekin butun 
amaliyotni o‘tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi. 
Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning 
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Amaliyot kundaligi talaba tomonidan: 
a) ehtiyotkorlik bilan, o‘z vaqtida va imlo xatolarisiz to‘ldirilishi; 
b) o‘z qo‘li bilan yozilishi; 
c) amaliyot davrida tasdiqlanishi kerak. 
Amaliyot kundaligini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan taqdirda 
hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi. 
Hisobot standart hajmdagi qog‘ozda (A4, 210-297mm), chap tomondan 3 sm, 
qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib yoziladi.Uning betlari ketma-ket sonlar 
bilan raqamlashtiriladi. 

Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling