Iqtisodiyot va pedagogika universiteti


falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar


Download 136.58 Kb.
bet10/10
Sana01.04.2023
Hajmi136.58 Kb.
#1317231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishini

falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar shakllandi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivojlantirish zarurligi. Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma'lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o'tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog'liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o'z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo'ladi. O'z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg'uradi, ularni o'ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o'z navbatida, umuminsoniy fan bo'lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo'ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo'lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o'ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo'lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o'z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta'rif berildi-ku?» — degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o'ziga xos milliy taraqqiyot yo'lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo'lgan savollardir.
Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan qaraydigan bo'lsak, O'zbekistonda bu yo'nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Biz yashayotgan dunyo so'nggi yillarda nihoyatda o'zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashni tubdan o'zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma'naviyatini yuksaltirishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafiy bilimlarni egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning yechimini topishga bog'liq:
— birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g'oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko'rsatib berishni taqozo qiladi. O'z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo'q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
— ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma'naviy merosdan bahramand bo'lish va ulardan ijodiy foydalanishga to'siq bo'lmoqda;
— uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g'oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo'shliqni yangi g'oyalar bilan to'ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz beradigan ijobiy o'zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati, his-tuyg'ulariga samarali ta'sir etadi. Shu bilan bog'liq ravishda,
Vatan va xalq tarixi, ma'naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni ya ngi davrning mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy g'urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o'rin tutadi.
Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo'nalishlarda namoyon bo'ladi.
1. Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog'liq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg'onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to'g'risidagi g'oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur.
2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e'tibori bilan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o'sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g'oyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg'ulari, orzu-intilishlariga mosligi bilan belgilanadi.
3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, o'z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy hayotidagi ijobiy o'zgarishlar to'g'risida xalqimizda to'g'ri tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko'rsatadi.
4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olishi uchun O'zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va g'oyalarni amalga oshirish yo'lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g'oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma'naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga yetish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo'lgan tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlaming ahamiyati beqiyos. Shu bois o'z xalqi tarixini, o'z milliy madaniyatini, urf-odat va an'analarini yaxshi biladigan, milliy g'ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidir.
6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e'tiboriga ko'ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miqyosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart-sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma'noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o'zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta'minlaydigan islohotdir.
Download 136.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling