Iqtisodiyot va pedagogika universiteti


Falsafaning yangi sohalari


Download 136.58 Kb.
bet4/10
Sana01.04.2023
Hajmi136.58 Kb.
#1317231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishini

Falsafaning yangi sohalari. Falsafiy bilimning tuzilishi o‘zgarmas, uzil-kesil shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan muammolar doirasi kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Ilmiy nazariyalar yoki falsafiy g‘oyalar inqirozga uchragan yoki o‘zining asossizligini namoyish etgan taqdirda, ularning bilim tizimidagi o‘rni va rolini qayta baholash amalga oshiriladi, bu esa ba’zan ularning nazariy va amaliy ahamiyati yo‘qolishiga olib keladi. Masalan, flogiston nazariyasi, «falsafa toshi»ni izlash, empiriokrititsizm falsafasi va o‘z ahamiyatini yo‘qotib, tarix mulkiga aylangan boshqa ko‘pgina g‘oyalar bilan shunday bo‘lgan. Bugungi kunda falsafa bilan ham shunga o‘xshash hodisa yuz beryapti, degan fikr mavjud. Hatto falsafa o‘lyapti deb hisoblaydiganlar ham yo‘q emas.
Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan qondirilmagan qiziqish o‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.

Download 136.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling