Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 234
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Download 154.33 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- МОLIYA VA SOLIQLAR
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Hozirgi sharoitda umumiy oʻrta ta’lim tizimini rivojlantirish uchun xalq ta’lim muassasalarini byudjetdan tash- qari mablagʻlarni sarflashda mustaqilligini ta’min- lash zarur. Byudjetdan tashqari mablagʻlarni shakl- lantirishda aynan hissa qoʻshayotgan pedagog va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy-texnik baza bilan ta’minlashning imkoniyatini kengaytirish lo- zim. Shuningdek, ularning oʻzlari ishlab topgan pul mablagʻlarini sarflash imkoniyatlarini soddalashti- rish va qulayliklar yaratilishi zarur. Pul mablagʻlari- ning sarflanishi borasida koʻpgina iqtisodchi olimla- rimiz oʻz ilmiy qarashlarini bayon etgan. Xususan, mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.S.Bakay- bayeva, K.Sh.Ibragimov, S.U.Mehmonov, A.A.Ostono- kulovning dissertatsiya va monografiyalarida byud- jet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobi, pul mablagʻlarining sarflanishi va nazorati ilmiy jihatdan tadqiq etilgan [5]. Xususan, A.A.Ostonokulovning oʻz ilmiy ishla- rida byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha xara- jatlar faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib, sarflash yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda tasdiqlangan daromad va xara- jatlar smetasi doirasida barcha xarajat guruhlarini moliyalashtirishga sarflanishi ta’kidlab oʻtilgan [6]. Shu bilan birgalikda, V.Xudoyberdiyev byud- jetdan tashqari mablagʻlarning sarflanishi borasida hali mavjud imkoniyatlardan foydalanilmayotganli- gi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ulushini koʻpaytirish byudjet tashkilotlari xodimlarining moddiy manfa- atlari oshirilishiga olib kelishini ta’kidlab oʻtgan [7]. O.S.Qarshiboyev xarajatlarning har birini chu- qur tahlil etish, ularning ustidan doimiy nazoratni МОLIYA VA SOLIQLAR |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling