Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 234


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Download 154.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana27.10.2023
Hajmi154.33 Kb.
#1728196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Hozirgi 
sharoitda umumiy oʻrta ta’lim tizimini rivojlantirish 
uchun xalq ta’lim muassasalarini byudjetdan tash-
qari mablagʻlarni sarflashda mustaqilligini ta’min-
lash zarur. Byudjetdan tashqari mablagʻlarni shakl-
lantirishda aynan hissa qoʻshayotgan pedagog va 
xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy-texnik baza 
bilan ta’minlashning imkoniyatini kengaytirish lo-
zim. Shuningdek, ularning oʻzlari ishlab topgan pul 
mablagʻlarini sarflash imkoniyatlarini soddalashti-
rish va qulayliklar yaratilishi zarur. Pul mablagʻlari-
ning sarflanishi borasida koʻpgina iqtisodchi olimla-
rimiz oʻz ilmiy qarashlarini bayon etgan. Xususan, 
mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.S.Bakay-
bayeva, K.Sh.Ibragimov, S.U.Mehmonov, A.A.Ostono-
kulovning dissertatsiya va monografiyalarida byud-
jet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlar 
hisobi, pul mablagʻlarining sarflanishi va nazorati 
ilmiy jihatdan tadqiq etilgan [5]. 
Xususan, A.A.Ostonokulovning oʻz ilmiy ishla-
rida byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha xara-
jatlar faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib, sarflash 
yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Tushgan mablagʻlar 
belgilangan tartibda tasdiqlangan daromad va xara-
jatlar smetasi doirasida barcha xarajat guruhlarini 
moliyalashtirishga sarflanishi ta’kidlab oʻtilgan [6]. 
Shu bilan birgalikda, V.Xudoyberdiyev byud-
jetdan tashqari mablagʻlarning sarflanishi borasida 
hali mavjud imkoniyatlardan foydalanilmayotganli-
gi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga 
yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ulushini koʻpaytirish 
byudjet tashkilotlari xodimlarining moddiy manfa-
atlari oshirilishiga olib kelishini ta’kidlab oʻtgan [7]. 
O.S.Qarshiboyev xarajatlarning har birini chu-
qur tahlil etish, ularning ustidan doimiy nazoratni 
МОLIYA VA SOLIQLAR 



Download 154.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling