Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 234
Download 154.33 Kb. Pdf ko'rish
|
МОLIYA VA SOLIQLAR
Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 237 maqsadida jalb etilgan oʻqituvchilarga toʻlanadigan toʻlovlar, soliq va yigʻimlar, mashgʻulotlarni tashkil etish uchun moddiy-texnik taʼminot xarajatlari qoplangandan soʻng maktabning rahbar va pedagog xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va boshqa xarajatlarga Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan hol- da yoʻnaltiriladi. Jamgʻarma tushumlari (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) quyidagi tartibda yoʻnaltiriladi: respublika darajasidagi muassasa va tashki- lotlar tushumlarining besh foizi Xalq taʼlimi soha- sidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga; hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarining toʻgʻ- ridan toʻgʻri boʻysunuvidagi muassasa va tashkilot- lar tushumlarining besh foizi Qoraqalpogʻiston Res- publikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining jamgʻarmalariga; tuman (shahar) darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining ikki foizi Qoraqalpogʻis- ton Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari jamgʻarmalariga, uch foi- zi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzuridagi Xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarma- lariga sarflanadi. Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanishning oʻziga xos xususiyat- lari mavjud boʻlib, bular byudjetdan tashqari mab- lagʻlarni foydalanishda kassa usulida amalga oshi- rish, byudjetdan tashqari mablagʻlarni manbalari boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda aks etti- rish, byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumi ham- da ularning hisobiga xarajatlarni byudjet tasnifi as- osida aks ettirilishidir. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari yagona gʻazna hi- sob varagʻiga kiritilib, ular mazkur tashkilotning hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari xarajatlarining toʻlovi va uning kassa ijrosi gʻazna- chilik tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi kassa usulida amalga oshirilishi mablagʻlarni samarali va maqsad- li sarflash hamda ularning nazoratini olib borishga yordam beradi. Tadqiqot obyekti hisoblangan Uchtepa tuma- ni Xalq ta’limi boʻlimida rivojlantirish jamgʻarmasi- da shakllangan daromadlarga nisbatan amalga oshi- rilgan xarajatlarni 1-jadvalda koʻrib oʻtamiz. Download 154.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling