Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son 210
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
MOLIYA VA SOLIQLAR
Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son 218 ulushli qatnashish natijasida olgan daromadi, mol- mulkni ijaraga berishdan olingan daromad, aksiya- lar, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromad (dividendlar, fondlar) va tovarlarni (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalar bo‘yicha daro- mad(xarajatlar) kiradi. Bu operatsiyalar federal qonun asosida belgilangan bo‘lib, soliq solinadigan foydani aniqlashda qonunda mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar ro‘yxati, moliya- viy natijalarni tashkil topish tartibi berilgan bo‘lishi kerak. Soliq solinadigan bazaga korxona, tashkilot, muassasaga davlat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, birlashmalar, assotsatsiyalar, konsemlar, tarmoqlararo, hududiy birlashmalar to- monidan haq to‘lamasdan beriladigan asosiy vosi- talar, nomoddiy aktivlar, boshqa mulklar va o‘zining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bazasini ri- vojlantirish uchun kapital qo‘yilma tariqasida ajra- tilgan pul mablag‘lari kirmaydi. Soliq solish maqsa- dida yalpi foyda boshqa korxonalarni faoliyatida ulushli qatnashganligi uchun olgan daromad sum- masiga kamaytiriladi. Rossiya Federatsiyasidan tashqarida olingan daromad, kazino, boshqa o‘yin bizneslari, shou salonlari, video-audiokasseta va ulardagi yozuvlar bo‘yicha olingan daromadlar (tu- shum bilan xarajatlar farqi) summasiga yalpi daro- mad kamaytirilmaydi. Banklami soliq solinadigan bazasini aniqlash- da yalpi foyda qimmatbaho qog‘ozlari qadrsizlani- shi ssudalar bo‘yicha yo‘qotish bo‘lishi mumkin bo‘lgan xarajatlami qoplash uchun Markaziy bank, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi bilan kelishil- gan rezerv fondini tashkil qilish maqsadida qilingan ajratmalarga kamaytiriladi. Byudjet tashkilotlari va tijorat bilan shug‘ul- lanmaydan boshqa tashkilotlar tadbirkorlik faoliya- tidan daromad olgan holda, shu faoliyatidan xarajat- dan ortiq olingan daromadidan bu soliqni to‘lay- dilar. Diniy birlashmalar, nogironlarni ijtimoiy tashkiloti va ularni mulki hisoblangan korxona va tashkilotlar, hamda umumiy ishlaydiganlarning eng kamida 50 %i nogiron bo‘lgan korxona va tashkilot- lar foydasiga soliq solinmaydi. So‘nggi qayd etilgan korxonalarda, asosiy shart eng kamida 50 % foyda nogironlarni ijtimoiy talabini qoplash uchun sarfla- nishi zarur. Yevropa mamlakatlar ichida Germaniya Fede- rativ Respublikasi(GFR) sanoati rivojlangan davlat- lardan biri, hamda jahonda YaIM bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, qolaversa, soliqqa tortish tizimi va soliqlarni boshqarish asoslari anchagina rivojlangan va murakkabdir. Germaniya Federativ Respublikasidagi mav- jud soliq turlarining har biri(daromad, korporat- siya, qqs, hunarmandchilik) bo‘yicha maxsus qo- nunlar bo‘lib, ular soliq va uning bazasini aniqlash bilan bog‘liq barcha muayyan masalalarni tartibga soladi. Shuningdek, xalqaro hujjatlar ham shular jumlasidandir, jumladan, bu hujjatlarga ikki yoqla- ma soliqqa tortish to‘g‘risidagi shartnomalar, tashqi iqtisodiy aloqalar to‘g‘risidagi huquqiy nizom va boshqa soliqqa oid, ayniqsa Yevropa iqtisodiy ham- do‘stlik tizimini yaratish haqidagi masalalarni o‘z ichiga oladigan halqaro xuquqiy hujjatlar kiradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling