Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son 210


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana04.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1746715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son 
 219
dan, soliq to‘lovchining katta miqdordagi xarajatla-
rini daromaddan chegirib tashlashga imkon beradi. 
Bu, ayniqsa, daromad bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlarga tegishli. Bazani aniqlashda “ishlab chi-
qarish xarajatlari», “xizmat va mehnat faoliyati bilan 
bog‘liq xarajatlar” va “oilani taʼminlash bilan bog‘liq 
xarajatlar” shaklida ko‘plab chegirmalar qo‘llaniladi. 
Masalan, bolalikdan to‘lanadigan to‘lovlar, ishga bo-
rish va ishdan qaytishda sarflanadigan transport 
xarajatlari, hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq har 
xil sug‘urta turlari va malakasini oshirish xarajatlari 
soliqqa tortilishdan ozod etiladi. Bunda oiladagi 
bolalar soni hisobga olinadi, xususiy uy qurish va 
boshqalarga imtiyoz beriladi. 
GFRda daromad solig‘i bazasini aniqlash 
jarayonida har bir daromad turiga muvofiq ravishta 
soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud. Xususan, olgan ijara daromadidan ipoteka 
xarajatlarini, texnik xizmat ko‘rsatish, yaxshilash va 
taʼmirlash kabi xarajatlarni chegirish mumkin. 
Biroq, haqiqiy xarajatlarni chegirib tashlashga mu-
qobil ravishta yiliga 1000 evro miqdorida qatʼiy 
chegirma mavjud. Belgilangan chegirmani qo‘llaydi-
gan soliq to‘lovchi bazadan real xarajatlarni chegi-
rib tashlashga haqli emas .
GFRda QQSning soliq bazasi – QQS undiriladi-
gan soliqqa tortiladigan operatsiya summasi hisob-
lanadi (odatda tegishli tovarlar yoki xizmatlarning 
narxi). Soliq solinadigan bazani aniqlash uchun bir 
qator qoidalar mavjud. Bu jarayon quydagi uch xil 
turdagi operatsiyalarni ajratib ko‘rsatadi: 
1) Tovar va xizmatlarni yetkazib berish 
operatsiyalari; 
2) Buyumlar importi; 
3) Mamlakat ichidagi buyumlarni sotib olish 
operatsiyalari. 
Tovar va xizmatlarni yetkazib berishda soliq 
bazasiga quyidagilar kiritilgan: 
-
QQSning o‘zidan tashqari soliqlar, bojlar, 
yig‘imlar; 
-
yetkazib beruvchi mijozga o‘tadigan komis-
siya, qadoqlash, transport va sug‘urta xarajatlari 
kabi qo‘shimcha xarajatlar; 

yetkazib berish narxiga bevosita bog‘liq 
bo‘lgan subsidiyalar. 
Tovar va xizmatlarni yetkazib berishda soliq 
bazasiga esa quydagilar kiritilmagan: 
-
аvans to‘lovlari uchun naqd chegirmalar 
orqali narxlarni pasaytirish 
-
xaridorga berilgan va sotish paytida olingan 
narx bo‘yicha chegirmalar va imtiyozlar; 
-
soliq to‘lovchi tomonidan xizmatlarni xari-
dor yoki oluvchidan o‘z nomidan va hisobvarag‘iga 
to‘langan summalarni qoplash sifatida olgan va 
ularning hisobvaraqlarida vaqtinchalik obyektlar 
sifatida hisobga olinadigan summalar. 
Tovarlarni import qilishda soliq bazasi soliq-
lar, bojlar, yig‘imlar, boshqa yig‘imlar va hali kiritil-
magan qo‘shimcha xarajatlarni o‘z ichiga olgan to-
varlarning bojxona qiymati hisoblanadi. 
Shuningdek tovarlarni import qilishda soliq 
bazasiga yana quyidaglar kiritilgan: 
-
import qiluvchi davlatdan tashqarida bo‘l-
gan soliqlar, bojlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar, 
shuningdek import natijasida to‘lanadigan qarzlar, 
amaldagi QQS bundan mustasno; 
-
komissiya, qadoqlash, transport va sug‘urta 
xarajatlari kabi yordamchi xarajatlar tovarlarning 
birinchi ichki manziliga qadar amalga oshiriladi; 
-
Yevropa Ittifoqidagi boshqa manzilga tash-
ish natijasida yuzaga kelgan tasodifiy xarajatlar, 
agar bu haq to‘lanadigan voqea sodir bo‘lganligi 
maʼlum bo‘lsa. 
Tovarlarni import qilishda soliq bazasiga 
ushbular kiritilmagan: 

oldindan tolovlar yoki cimtiyoz uchun 
chegirmalar; 
-
xaridorga berilgan va import amalga oshiril-
gan paytda olingan narx bo‘yicha chegirmalar va 
imtiyozlar. 
Mamlakat ichidagi buyumlarni sotib olishda 
soliq bazasi, asosan, sotib olingan Yevropa Ittifoqi 
mamlakatida tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib 
berish bilan bir xil omillardan foydalaniladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling