Iqtisodiyot va ta`lim fakulteti amliy psixologiya ta’lim yo’nalishi talabasi mamitshayev xayrulloning o’zbekistonning eng yangi tarixifanidan


Download 21.53 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi21.53 Kb.
#1345518
  1   2   3
Bog'liq
O’zbekistonning eng yangi tarixi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO‘QON UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TA`LIM FAKULTETI AMLIY PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI TALABASI MAMITSHAYEV XAYRULLONING O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXIFANIDAN
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O’ZBEKISTON davlat mustaqilligini qo’lga
kiritish huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyati asoslarini etish borasida
islohotlar.
Tayyorladi: X.Mamitshyev
Qabul qildi: M.Temirova

Qo’qon 2023
Reja:
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar
2. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li.
3. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashgaqaratilgan strategiya asoslari.
4. Taraqqiyotning o’zbek modeli.

Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi. Endi O‘zbekiston oldida boshqa davlatning qosh-qovog‘iga qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish, jamiyatni yangilash, demokratik davlat qurish yo‘llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas’uliyatli vazifalar turardi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘ndalang turardi. Ma’lumki, 90- yillar boshlarida mustaqillikka erishgan ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, birpasda rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bunday shov-shuvlarga xomxayol, quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va engil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini ta’kidlagan edi. Eng muhimi, yangi ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchun ma’lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan odam­larni tayyorlash-tarbiyalash kerak edi.
«Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-tarozisi bor. Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz kechishiga ham to‘g‘ri keladi».


Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling