O’zbekistonning eng yangi tarixi


Download 56.13 Kb.
bet1/40
Sana05.01.2022
Hajmi56.13 Kb.
#209453
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
oraliq javoblari tarix


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan birinchi oraliq nazorati savollari

  1. O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining vazifasi va ahamiyati(eski tuzumni inqirozi, mustaqillik tushunchasi, o‘zlikni anglash, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, tarixiy xotira) .

Sovet davrida O‘zbekiston xom ashyo etkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Paxta yakkahokimligi o‘rnatildi. O‘zbek xalqi ham sovet davlatida yashovchi boshqa xalqlar qatorida iskanjada ushlanib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan taraqqiyot va integratsiyadan uzib qo‘yildi.«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi.

1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.1980— yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.

O‘zbekistonning 1985-1991- yillardagi iqtisodiy holati sovetlar hukmronligi davrining bevosita va mantiqiy davomini o‘zida ifodaladi.

80-yillar o‘rtalarida iqtisodiy hayotda sustlashtirish mexanizmi to‘la shakllandi.

1985 yil aprelidan so‘ng markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish siyosatini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

SSSRda etishtiriladigan paxtaning 65%, pillaning 60% dan ortig‘i, kanopning 80-90%, qazib olinadigan oltin, simob, volframning salmoqli miqdori O‘zbekistonda ishlab chiqarilardi.

O‘zbekiston aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash miqyosi 20% ga yaqinini tashkil etdi, xolos.

XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi.



“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi.



  1. Download 56.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling