O’zbekistonning eng yangi tarixi
Farg’ona fojeasining yuzaga kelishi va uning oqibati (ishsizlik, uy-joy muammosi, tomarqa muammosi, paxta yakkahokimligi, mesxeti turklar, 1989-yil)
Download 56.13 Kb.
|
oraliq javoblari tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta ishi”ning yuzaga kelishi sabablari va uning oqibatlari (paxta yakkahokimligi, yerlarning sho‘rlanishi, Orol muammosi, qo‘riq va bo‘z yerlar, qushib yozishda ayblovlar).
Farg’ona fojeasining yuzaga kelishi va uning oqibati (ishsizlik, uy-joy muammosi, tomarqa muammosi, paxta yakkahokimligi, mesxeti turklar, 1989-yil).
Farg'ona fojiasi. 1989 yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.Biroq 1989 yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi. fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi. Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstre-mistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar. Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi. Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990 yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990 yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi. “Paxta ishi”ning yuzaga kelishi sabablari va uning oqibatlari (paxta yakkahokimligi, yerlarning sho‘rlanishi, Orol muammosi, qo‘riq va bo‘z yerlar, qushib yozishda ayblovlar). 1987 yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.1980 yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yoziladigan, gapiriladigan bo'Idi.Turgunlik yillaridagi qatagonlik. Ozbeklar ishi, Paxta ishi deb nom olgan jarayonlar” .Turgunlik yillarida Ozbekistonda xalqni chalgitish maqsadida paxta ishi, ozbeklar ishi degan bahonalar oylab topildi. Natijada, 80 -yillarning ortalaridan Ozbekistonda qonunsizlik, yashirin qatagonlik harakatlari kuchaydi; .Sobiq SSSR prokuraturasi, Xavfsizlik komiteti tashabbusi bilan bir necha tergov guruhlari tuzildi; .1983-1989 yillarda T.Gdlyan va Ivanovlar rahbarligida tuzilgan tergov guruhlari respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda Ozbekistonda paxta etishtirishda qoshib yozish bilan bogliq 800 dan oshiq tergov ishlari olib bordilar; .SHu ishlar boyicha 5 ming kishi qamoqa olindi, ularning 600 dan oshigi rahbar xodimlar, 10 tasi sotsialistik mehnat qahramonlari edilar. Aybdorlardan 100 mln. somdan oshiq pul yigib olindi; Qamoqa olinganlarning kopchiligi qonunga xilof ravishda sudsiz, belgilanganidan oshiq muddatlarda qamoqxonalarda ushlab turildi; Bu ozbek xalqining mavjud tuzumga nisbatan ishonchsizligini, rahbar xodimlar va huquq-tartibot organlariga nisbatan noroziligini kuchaytirdi; Ozbekistonda qopol tarzda inson huquqlari poymol etildi. Qatagonlik siyosatining mohiyati Xususiy mulk, asriy ananalar yoq qilindi. Davlat hukmronligi ornatildi, mamlakatda partiya yakka hokimligini ornatildi.Sovet tuzumiga qarshi bolgan xalqning ilgor qatlamlarini davlat boshqaruviga yaqinlashtirmaslik siyosati olib borildi.Bolьsheviklarga xalaqit bermasligi uchun ziyolilar tag-tomiri bilan yo‘qotildi.Har qanday yo‘l bilan sovet davlatining kuch qudratini saqlab turish asosiy maqsad edi.Ilg‘or g‘oyalar yo‘qotildi.Ko‘zga ko‘ringan olimlar, shoir va davlat arboblari shafqatsiz yo‘q qilingan.Milliy gurur va ozlikni anglash goyalari ildizi bilan quritiga intilgan.Xalqlarning tili, dili va asriy ananalariga tajovuz qilingan.Diniy qadriyatlar toptalgan.Pirovard natijada yagona sovet xalqini tashkil etishga harakat boldi.Xalqlarga nisbatan genotsid siyosati qollanilgan Fikrlash, soz va etiqod erkinligi cheklangan.Sovet xalqini boshqa xalqlardan ajratib iskanjada ushlangan, zorlik orqali kamchiliklar yashirilgan. O’zbekistonning mustaqillik uchun tashlagan muhim qadamlari (Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun, 1989-yil 21-oktyabrь, Prezidentlik lavozimini ta’sis etilishi, 1990-yil 24-mart, Mustaqillik deklaratsiyasi, 1990-yil 20-iyunь). O'zbek tili - davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko'tarilgan edi. O'zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga awallari millat-chilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o'zbek va rus tilini teng mavqega ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o'tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo'lini tanladi. O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O'zbekistonning davlat tili o'zbek tilidir, o'zbek tili Respublikaning siyosiyijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to'liq amal qiladi», -deb belgilab qo'yildi. 1990 yil 19-fevralda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan, mehnat jamoalari, o'quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o'zbek tiliga o'tkazila boshladi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo'lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo'ldi. Prezident lavozimining ta'sis etilishi.1990- yil 18-fevralda O'zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo'ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo'idiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nom-zodlar ko'rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo'lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to'play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo'lib o'tdi.1990 yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo'lib «O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish to'g'risida» qonun qabul qildi. 1990 yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo'li bilan I. A.Karimov O'zbekiston Prezidenti etib saylandi. Mustaqillik Deklaratsiyasi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklara-tsiyasbni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O'zbekiston SSRning davlat suvereniteti e'lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo'lib, quyidagilar bayon etilgan: O'zbekiston SSR davlat suvereriiteti; O'zbekiston SSR demokratik davlatining o'z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi; O'zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston hududida kuchga ega bo'ladi; O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo'lib, mamlakatimizning o'z davlat mustaqiltigini qo'lga kiritish yo'lida yana bir yangi qadam bo'ldi. Download 56.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling