O’zbekistonda ijro etuvchi organlar faoliyati (Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, viloyat, tuman va shahar hokimliklari)
1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston
SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX
bobida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, uning tashkil etilishi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vakolatlari belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri 2003-yil) qonuni asosida
olib boradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati
hisoblanib, Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni
ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |