2.Davlat — bosh islohotchi. Yangi jamiyat qurish davrida, ayniqsa o’tish bosqichida davlat iqtisodiyotni boshqarish jilovini qo’ldan bermasligi zarur. Davlatning boshqaruvchilik roli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yana bir g’oyat muhim shartidir. O’tish davrida davlatning iqtisodiyotdagi roliga yangicha yondashib, islohotlarni keng jamoatchilik ishtirokida davlat ishlab chiqqan dasturlar asosida, uning bevosita ishtiroki va rahbarligida amalga oshirish zarur. Bozor islohotlari umumiqtisodiy, umummilliy o’zgarishlar bo’lganidan uni ayrim jamoa, siyosiy partiya, jamoat tashkilotlari amalga oshira olmaydi, chunki ular shu guruh manfaatlarini himoya qilish bilan cheklanib qolishlari mumkin. Davlat esa jamiyat barcha a’zolari manfaatlarini ifodalaydi, shu manfaatlarni amalga oshirishni ko’zlaydi. Iqtisodiyot sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, hal qilinayotgan vazifalarning serqirraligi, bozorni shakllantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarning murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu jarayon iqtisodiyotni boshqarishni tashkil etish, bozor infrastrukturasini yaratish, jahon iqtisodiyotiga qo’shilish bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |