O’zbekistonning eng yangi tarixi


O’zbekistonda sud hokimiyati faoliyati (sudlar, Konstitutsiya XXII bob, Konstitutsiya 106-116-moddalar)


Download 56.13 Kb.
bet15/40
Sana05.01.2022
Hajmi56.13 Kb.
#209453
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
oraliq javoblari tarix

O’zbekistonda sud hokimiyati faoliyati (sudlar, Konstitutsiya XXII bob, Konstitutsiya 106-116-moddalar)

Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanishi” belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi, 107-moddasida odil sudlovni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi belgilangan. Bu konstitutsiyaviy asoslar insonlarning sud idoralariga bo‘lgan ishonchini orttirib, o‘z navbatida, sudya va sud xodimlarida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, ularga mas’uliyat bilan yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari va sudyalarning qonun normalariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan qarorlarning adolat me’yorlariga nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir. Mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng sudlar yildan-yilga hokimiyatning to‘laqonli mustaqil tarmog‘i sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Sudlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish hamda ularning faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Sudlarning jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi ayniqsa, mamlakat hayotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy nizolarni chuqurroq o‘rganib, ularni maqbul muddatlarda adolatli qarorlar qabul qilish yo‘li bilan hal etish imkoniyatini tug‘dirdi.

Yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun sud-huquq tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘lib, jamiyatni harakatga keltiruvchi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning muqarrarligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirish, huquqiy himoya qilish ishlarini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish uchun qonuniy asos yaratdi.

Ushbu Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi halqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish belgilangan. Sudlarning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.

Sud-huquq tizimini liberallashtirish, uning amalda mustaqilligiga erishish hamda bu sohada qonun ustuvorligini ta’minlashda o‘z kasbini vijdonan qadrlay oladigan, har tomonlama yetuk professional sudya kadrlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunga asosan sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning ham samarali demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi.

2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4850-sonli farmoni bilan sud-huquq sohasidagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish. Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, kasb obro’-e’tiborini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yuritadigan sud korpusini tashkil qilish maqsadida birinchi marta sudyalarning vakolat muddatlari qayta ko’rib chiqildi. Xususan, sudyalarni dastlabki besh yillik va navbatdagi o’n yillik muddatlarga tayinlash (saylash), kelgusida esa lavozimni muddatsiz davr mobaynida egallash nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi.

Konsitutsiyaning 12-bobi ‘O’zbekiston Respublikasining sud hokimiyati’ bo’lib u 10 ta moddadan iborat bular 106 chi moddan 116 moddalarni o’z ichiga olgan .

106-modda O’zbekiston Respublikasida sud hokimyati qonun chiqoruvchi va ijro etuvchi hokimyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.

113-modda. Hamma sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo’l qo’yiladi.




  1. O’zbekistonda qishloq xo’jaligining rivojlanishi (fermer xo‘jaliklari, klasster usullari, almashlab ekish, yerlarni melirotiv holatlari, asalarichilik, chorvachilik, qorako’lchilik, baliqchilik, issiqxonalar, bog’dorchilik)

Agrar islohotlarga ustuvorlik beriidi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo'jaligida YalM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo'jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.

Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.

Qishloqda xo'jalik yiiritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor beriidi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo'jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo'jalik yiiritishda o'zlarini toia-to'kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999- yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta qishloq xo'jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002- yilning 1 yanvari holatiga ko'ra, respublika bo'yicha 1900 taga yetdi, ularda I mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo'jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o'rin beriidi.

Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda. 2004- yilda fermer xo'jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo'jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go'sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o'rinni egaflab qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.

Qishioqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig'iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003-yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaligi faoliyat yuritdi. Respublikada yetishtirilgan go'shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo'jaliklari tomonidan tayyorlandi.

2003- yilda respublikamiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22.2 foizi shirkal xo'jaliklariga, 14,9 loizi fermer xo'jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi. 2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1 minilliondan ziyod kishi hand bo'ldi, paxtanng 66%i, g'allaning 55%i fermer xo'jaliklarida yetishlirildi. 2006 yil birinchi yarmida 210 ta ixtisoslashitiriilgah meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xo'jaliklari nogizida 39 ming fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Paxtachilik va g'allahilikda esa 447 shirkal fermer xo'jaliklariga aylantirildi. 2014-yilda dehqon va fermerlar uyushmasi O‘zbekiston fermerlar kengashiga, joylarda esa viloyat va tuman fermerlar kengashiga aylantirildi.

2012-2014 yillarda paxta xom-ashyosi tayyorlashning barqaror hajmi saqlangan holda, sabsavot yetishtirish – 16,3 foizga, poliz mahsulotlari – 16,6 foizga, meva yetishtirish esa – 21 foizga ko‘paydi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda. Qishloq xo‘jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda.



Download 56.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling