O’zbekistonning eng yangi tarixi
yil avgust voqealari (1991-yil 19-21 avgust voqealari, Moskvada davlat to‘natarishi, porakandalik, Hindiston safari, Islom Karimov)
Download 56.13 Kb.
|
oraliq javoblari tarix
1991 yil avgust voqealari (1991-yil 19-21 avgust voqealari, Moskvada davlat to‘natarishi, porakandalik, Hindiston safari, Islom Karimov)
Fitnachilarning qonnunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskvada fojiati hobisalar roy berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyev Prqzidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiyb vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bolib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi. Qaltis vaziyatda 1991 yiJ 19-avgustda O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Prezident O'zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublika-mizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo'qligi, O'zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko'rsatmalar bajarilmasligini qat'iy ta'kidladi. 1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbariari ishtirokidagi qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda O'zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, awalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta'kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig'vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O'zbekiston Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya qoidalarini og'ishmay va izchil amalga oshirish yo'lidan boraveradi deb ko'rsatildi. 1991 yil 21-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z farmoni bilan O'zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv ido-ralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O'zbekiston SSR Konstitut-siyalariga hamda qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so'zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo'ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo'mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo'yildi. Moskvada fojiali hodisalar roy bergan paytda Ozbekiston Prezidenti I.A.Karimov rasmiy safar bilan Hindistonda edi. Prezidentimiz 1991-yil 19-avgustda safardan qaytib keldi va shu kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan uchrashib, qatiy tarzda Ozbekiston nuqtayi nazarini malum qildi. Respublika rahbariyati Markazdan beriladigan qonunga xilof bolgan har qanday korsatmalarni bajarishni man etdi. 20-avgustda Ozbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va Ozbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qoshma majlisi boldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, Ozbekistonning mustaqillikka erishish yoli ozgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov – mustaqilligimiz me’mori( Islom Karimov, Mustaqillik deklaratsiyasi, Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun, aholining ijtimoiy ahvoli, tomarqa va uy-joylar ajratilishi, mustaqillik sari qadamlari) Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqandda to'g'ilgan — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahrda vafot etadi ]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan. Mustaqillik Deklaratsiyasi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklara-tsiyasbni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O'zbekiston SSRning davlat suvereniteti e'lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo'lib, quyidagilar bayon etilgan: O'zbekiston SSR davlat suvereriiteti; O'zbekiston SSR demokratik davlatining o'z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi; O'zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston hududida kuchga ega bo'ladi; O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo'lib, mamlakatimizning o'z davlat mustaqiltigini qo'lga kiritish yo'lida yana bir yangi qadam bo'ldi. O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O'zbekistonning davlat tili o'zbek tilidir, o'zbek tili Respublikaning siyosiyijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to'liq amal qiladi», -deb belgilab qo'yildi. 1989 yil 15 avgustda kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xojaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish togrisida maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu goya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bolsa ham, I.A.Karimov oz fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada osha yilning 4 oyida aholi qoshimcha 90,7 ming gektar yer olishdi. Ota qisqa fursat ichida 1,5 milliondan koproq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga yetolmay yurgan 580 ming oila unga ega boldi. Tomorqa xojaligi maydonining osishi, unga bolgan etiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yonalishlaridan biriga aylanishi qishloq xojaligining keskin osishiga olib keldi. Markaz va respublikalar ortasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yoqotgan, har bir mintaqa, har bir respublika oz holiga tashlab qoyilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni togri baholay bilish qobiliyatiga ega bolgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda Ozbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Oliy Kengash sessiyasi «Ozbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini elon qilish togrisida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda: Respublikaning davlat mustaqilligi togrisidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon Ozbekiston Respublikasi deb atalsin; 1 sentyabr Ozbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni Download 56.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling