Iqtisodiyot va ta'lim fakulteti "Iqtisodiyot " yo'nalishi 1-kurs eks-5-22-guruh talabasi Rahimova Kamolat Abduxamidovnaning "Axborot kommunikatsiya texnologiyalari" fanidan
Download 23,39 Kb.
|
1 2
Bog'liqkommunikatsiya referat11
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QO'QON UNIVERSITETI Iqtisodiyot va ta'lim fakulteti "Iqtisodiyot " yo'nalishi 1-kurs EKS-5-22-guruh talabasi Rahimova Kamolat Abduxamidovnaning "Axborot kommunikatsiya texnologiyalari" fanidan "Axborot texnologiyalarining iqtisodiyotdagi o'rni" mavzusida tayyorlagan
Qabul qildi: Mulaydinov.F.M Tayyorladi: Rahimova.K.A Qo'qon 2022 MAVZU: Axborot texnologiylarining iqtisodiyotdagi o’rni REJA: 1. Iqtisodiyotda AKT ning o'rni. 2. O'zbekistondagi AKTni rivojlantirishga oid bajarilayotgan ishlar. 3. Iqtisodiyotni axborotlashtirish ishlar natijalari. 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbaalari. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanmasdan turib, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishni tasavvur qilib bo'lmaydi. Iqtisodiyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi iqtisodiy o‘sish, samaradorlik, bandlik va biznes samaradorligini belgilaydi. Yagona axborot makonini tashkil etuvchi AKT ta’sirida axborot globallashuvi sharoitida sanoat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi omillari o‘zgarib, yangilari bilan to‘ldirilmoqda. Rivojlanishning ushbu bosqichida O‘zbekiston texnologik rivojlanish darajasiga va ishbilarmonlik amaliyotiga AKTni joriy etish bo‘yicha loyihalarni yaxshiroq rejalashtirishga bog‘liq ravishda ishlab chiqarilgan samaradorlikni va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni amaliy namoyish etish uchun yuqori salohiyatga ega. AKT sohasini ilg‘or rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin”. Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘tgan yillarda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar allaqachon o‘z samarasini bermoqda. 2020-yil AKT sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi. O‘tgan yilda AKT sohasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilib, optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 2020-yilga kelib 72 ming kilometrga yetkazildi. Joriy yil oxirigacha 118,6 ming kilomertgacha yetkazilishi rejalashtirilgan. Bir millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha yetkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1200 Gbit/s. gacha yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi. Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2020-yilda 5 Petabaytga sig‘imli ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi. Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha Respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stantsiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha oshirildi. Bu yilda mobil aloqa baza stantsiyalari sonini 33,7 minggacha yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrovni 99 foizgacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Internet bilan ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikada 10 154 ta umumta’lim maktablari, 5 725 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 401 ta sog‘liqni saqlash obyektlari mavjud bo‘lib, joriy holatiga 9 144 ta xalq ta’limi, 5725 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 401 ta sog‘liqni saqlash obyektlariga jami 17 660 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan. O‘tgan yilgi Davlat dasturida ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgandi. Boisi bu yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ham ahamiyatlidir. Download 23,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling