Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Agrobiznes va investitsion faoliyat” yo’nalishi 1- kurs talabasi Kurbonov Jahongirning


Download 300.92 Kb.
bet2/7
Sana09.02.2023
Hajmi300.92 Kb.
#1180941
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB talabasi

Tanishuv amaliyotining maqsadi – kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlang’ich ma’lumotlarni olish hamda «Kasbiy faoliyat asoslari» fanidanolgan nazariy bilimlarni amaliyot ko`nikmalari bilan mustahkamlashdan iborat. O’quv-tanishuv amaliyotining ob’yekti sifatida – Buxoro viloyati Buxoro tumani Shexon qishloq fuqarolar yig’inida joylashgan “Azizbek Mizrob 2020” fermer xo’jaligi tanlab olindi.
Ushbu maqsadga erishish yo`lida biz o`z oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
-turli mulk shakillaridagi xo`jalik subyektlarining, xususan “Azizbek Mizrob 2020” fermer xo’jaligining tashkiliy tuzilishini o`rganish;
-“ Azizbek Mizrob 2020” fermer xo’jaligining ish faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash;
-amaliyot davrida “Azizbek Mizrob 2020” fermer xo’jaligining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borish hisoblanadi.
Mazkur o’quv-tanishuv amaliyot hisobotini yo’zishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezidentimiz farmon va qarorlari, statistika va internet ma’lumotlaridan hamda “Azizbek Mizrob 2020” fermer xo’jaligining yillik hisobot ma’lumotlaridan foydalanildi.
Fermer xo’jaliklari haqida umumiy ma’lumot
Fermer xoʻjaligi — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligilari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga ailanishi jarayenida yuzaga keldi. 20-asrning 20—30 yillari AQSH, Kanada, Buyuk Britaniyada, 50—60-yillarda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.
Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90-yillarning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuni (1998-yil 30-aprel; yangi taxrirda 2004-yil 26 avgust) bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari ajratish tartibi Yer kodeksi, Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun va Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Yer kodeksida fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari:
- ochiq tanlov asosida;
- o‘ttiz yildan ellik yilgacha bo‘lgan muddatga;
- zaxira yerlari yoki qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan ajratilishi nazarda tutilgan.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasining o‘lchami yer uchastkasini beradigan organ tomonidan har bir muayyan holatda mahalliy sharoitlarni, shuningdek fermer xo‘jaligida ishlovchilar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.
Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar, shuningdek, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolar boshqa teng sharoitlarda ustuvor huquqdan foydalanishi belgilangan.
Fermer xo‘jaliklariga yer ajratish fermer xo‘jaligining ma'lum bir faoliyat yo‘nalishga ixtisoslashganini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Xususan, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi xo‘jalikning biznes rejasida nazarda tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva mollarini boqish shartlari bilan tashkil etiladi.

Download 300.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling