Iqtisodiyot va turizm


 O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana05.01.2022
Hajmi1.1 Mb.
#211722
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
NAMUNA KURS ISHI

 

3. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va 

asosiy tamoyillari. 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach,  o`z  tashqi  siyosatini  o`zi  belgilash 

uchun  keng  imkoniyatga  ega  bo`ldi.  O’zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti 

I.Karimov  ta’biri  bilan  aytganda,  “O`zbekistonning  davlat  mustaqilligini  qo`lga 

kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon 

respublika  mustaqil  ichki  va  tashqi  siyosatini  olib  boradi,  hech  kimning 

vositachiligisiz o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatadi.” O`tgan 28 yil davomida 

milliy  manfaatlarimizga  mos  keladigan,  uning  dunyo  hamjamiyatidagi  nufuzini 

mustahkamlashga,  xorijiy  davlatlar  bilan  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va 

madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari 

belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro 

tashkilot  va  xorijiy  davlatlar  bilan  hamkorligi  muhim  o`rin  tutadi. 

Mustaqilligimizning  dastlabki  yillaridanoq  ushbu  sohani  isloh  qilish,  tubdan 

yangilash  maqsadida  Tashqi  ishlar  vazirligi  qaytadan  isloh  qilindi.  O`zbekiston 

Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy 

faoliyat  milliy  banki  tashkil  etildi.  O`zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarni yo`lga qo`yish maqsadida 1990-yil 12-iyulda tashkil etilgan O`zbekiston 

SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qo`mitasi 1992-yil 12-fevralda Tashqi 

iqtisodiy  aloqalar  vazirligiga  aylantirildi.  1992-yil  21-fevralda  esa  O`zbekiston 

Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  “O`zbekiston  Respublikasi 

tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining  2002-yil  21-oktabrdagi  “Tashqi 

iqtisodiy  aloqalar  sohasida  boshqaruv  tizimini  yanada  erkinlashtirish  va 

takomillashtirish  to`g`risida”gi  Farmoniga  asosan  bu  vazirlik  O`zbekiston 

Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi  etib  qayta  tashkil  qilindi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining  2005-yil  21-iyuldagi  “Tashqi 

iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv 

tizimini 

takomillashtirish 

to`g`risida”gi  Farmoniga  asosan,  O`zbekiston 



17 

 

Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi  O`zbekiston  Respublikasi  Tashqi 

iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi. 

O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy 

asoslari,  prinsplari,  mazmuni,  maqsad  va  vazifalari  O`zbekiston  Republikasi 

Konstitutsiyasining  IV  bob,  17-moddasida  “O`zbekiston  Respublikasi  xalqaro 

munosabatlarning  to`la  huquqli  subyektidir.  Uning  tashqi  siyosati  davlatlarning 

tengligi,  kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  tahdid  qilmaslik,  chegaralarning 

daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 

aralashmaslik  qoidalariga  va  xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan  boshqa 

qoidalari  va  normalariga  asoslanadi.  Respublika  davlatning,  xalqning  oliy 

manfaatlari,  farovonligi  va  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  ittifoqlar  tuzish, 

hamdo`sliklarga  va  boshqa  davlatlararo  tuzilmalarga  kirishi  va  ulardan  ajralib 

chiqishi mumkin”

3

. O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda 



huquqiy  normalar  asosida  o`z  tashqi  siyosatini  belgiladi.  Qisqa  davr  ichida 

davlatlararo  munosabatlardagi  tamoyillar  va  ustuvor  yo`nalishlarini  belgilab  oldi. 

Davlatning  tashqi  siyosatdagi  harakatlarini  tartibga  solib  turuvchi  asosiy 

harakatlantiruvchi  kuch  bu  –  Konstitutsiyaviy  huquqdir.  Prezident  I.Karimov 

ta’kidlaganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga 

keltirish  xalqaro  e’tirof  etilgan  konstitutsiyaviy  hamda  huquqiy  asosda  amalga 

oshirilmoqda.  Bu  asos  iqtisodiyotni  isloh  qilish,  uning  keng  ko`lamda  jahon 

hamjamiyatiga  integratsiyalashuvi  uchun  kuchli  huquqiy  kafolatlar  va  shart-

sharoitlarni ta’minlab beradi”.

4

 



Xulosa  qilib  aytganda,  O`zbekiston  Respublikasi  o`z  tashqi  siyosati 

tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda 

ko`rish mumkin: 

1.  O`zbekiston  tashqi  siyosat  tamoyillariga  qat’iy  rioya  qilgan  holda 

jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. 

                                                           

3

 

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O`zbekiston”, 2017. 6-b. 



 

4

 



Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 

shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. 6 – T.: “O`zbekiston”, 1998. 227-bet.

 



18 

 

2. 


O`zbekiston 

Respublikasi 

o`z 

iqtisodiy 



munosabatlarini 

ikki 


tomonlama  va  ko`p  tomonlama  shartnomalar  asosida,  milliy  manfaatlar 

ustuvorligini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratdi. 

3.  O`zbekiston  xalqaro  iqtisodiy  aloqalarga,  kollektiv  xavfsizlikning 

global  va  mintaqaviy  tizimlariga  faol  qo`shilib,  mamlakatda  tinchlikni, 

barqarorlikni ta’minlamoqda. 

4.  O`zbekiston  tashqi  siyosatida  jahondagi  barcha  mamlakatlar  bilan 

ijobiy hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o`z nufuzini oshirib bormoqda. 

Prezidentimiz 

Sh.Mirziyoyevning 

qaroriga 

asosan 

 


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling