Iqtisodiyot yo’nalishi 4 bosqich 19. 48- guruh talabasi Asqarov Baxodirxon


Download 0.98 Mb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1647385
  1   2   3   4
Bog'liq
MOLIYA TIZIMI VA UNING ASOSIY BO`G`IMLARI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT
UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM
Iqtisodiyot yo’nalishi
4 - bosqich 19.48- guruh talabasi
Asqarov Baxodirxon
MUSTAQIL ISH
MOLIYA TIZIMI VA UNING ASOSIY BO`G`IMLARI

Reja:




  1. Moliya tizimi haqida tushuncha

  2. Moliya tizimining bo‘g‘inlari





Moliya tizimi haqida tushuncha

Ijtimoiy ishlab chiqarishning turli sharoitlarida moliyaning rivojlanish qonuniyatini tahlil qilish moliyaviy munosabatlarning mohiyatida umumiy belgilar mavjudligidan guvohlik beradi. Bu moliyani amal qilishining obyektiv sabablari va shartlarini saqlanib qolinganligi bilan ta’riflanadi. Bularning orasida ikkitasi ajralib turadi: tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va bu munosabatlarning subyekti sifatida davlatning amal qilishi. Boshqa qiymat kategoriyalaridan farqli ravishda (misol uchun pul, kredit, mehnatga haq to‘lash fondi va boshqalar) moliya davlatning amal qilishi bilan organik bog‘liqdir.


Biroq, barcha moliyaviy munosabatlar mohiyatidagi umumiy belgilarning mavjudligi ular o‘rtasidagi ma’lum farqlarni rad etmaydi.
Moliyaviy munosabatlar davlat faoliyati natijasida emas, balki ijtimoiy ehtiyojlar tufayli yuzaga keladi. Davlat faoliyati emas, balki, aynan, ijtimoiy shart-sharoitlar moliyaning amal qilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy munosabatlarning paydo bo‘lishida davlatning rolini bo‘rtirib ko‘rsatish nazariy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi, aksincha amalda, agarda xo‘jalik yuritishning real shart-sharoitlari hisobga olinmasa, zarar qilishi mumkin.
Moliya – xo‘jalik yuritishning barcha darajalaridagi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ajralmas elementidir. Ularning har ikkalasi quyi bo‘g‘in hisoblanmish korxonalar (tashkilotlar, muassasalar), tarmoqlararo birlashmalar (assotsiatsiyalar, konsernlar) va xalq xo‘jaligini boshqarishning davlat tizimlari uchun bir xil darajada muhimdir. Moliyasiz ishlab chiqarish fondlarini kengaytirilgan asosda, yakka tartibda va ijtimoiy doiraviy aylanishini ta’minlash, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tuzilmalarini tartibga solish, fan-texnika yutuqlarini joriy qilishni rag‘batlantirish, boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish mumkin emas.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatni ijtimoiy ehtiyojlarining turlichaligi turli ko‘rinishdagi moliyaviy munosabatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ular bir-birlaridan farq qilish bilan bir vaqtda ayrim umumiy jihatlari bilan xarakterlanadilar. Bu esa, ularni alohida guruhlarga birlashtirish imkonini beradi. Moliyaviy munosabatlarni turlicha guruhlashtirish mumkin, lekin faqatgina obyektiv kriteriylari bo‘yicha guruhlanishi ilmiy asoslangan hisoblanadi.
"Tizim" iborasi so‘nggi 40-50-yil davomida falsafa fanida chuqur tadqiq etib kelinmoqda va uni ijtimoiy hayot sohasiga keng joriy etish rusm bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy, shu jumladan huquqiy hodisalarga tizimli yondashish real voqelikning tub mohiyatini teran anglashga, ularning atrofidagi boshqa hodisalar bilan uzviy aloqadorlik va o‘zaro ta’sir holatida rivojlanishini anglab yetishga ko‘maklashmoqda. Yagona tizim - o‘zaro uzviy aloqador va chambarchas bog‘liq qismlar (predmet, jarayon, voqealar) ning bir butun sifatida harakatlanishi, mavjud bo‘lishidir. Tizimning muhim jihati - tarkibiy xususiyatning borligi, ya’ni voqelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali bo‘ysunish mavjudligi hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligi.
Tizimning mazkur sifatlariga e’tibor qaratishimizning boisi, siyosiy tizim tarkibiga kiruvchi qismlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjud ekanligini chuqur tushunish va ular o‘rtasidagi munosabatlarning uzviy bog‘liqligi va dialektikasiga e’tiborni jalb etishdir.
Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling