TARMOQ TURLARI PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha. LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha. CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi. MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi. WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet). Tarmoq topologiyasi, tarmoqdagi kompyuterlar va qurilmalar o'rtasidagi fizikaviy bog'lanishlarni tasvirlaydi. Har bir tarmoq topologiyasi, ma'lumotlar o'qib olish, o'qitish va ulashish usullarini belgilaydi. Quyidagi eng mashhur tarmoq topologiyalari mavjud: Yulduzsimon topologiya Bunda har bir tugun markaziy ulanish nuqtasiga, masalan, markazga, kalitga yoki kompyuterga ulangan mahalliy tarmoq (LAN) uchun ishlatiladi. Ushbu topologiya eng keng tarqalgan tarmoq konfiguratsiyalaridan biridir. Shuning uchun, bu tarmoqning har bir alohida qismi markaziy tugunga ulangan tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Ushbu tarmoq qurilmalarining asosiy komponentga biriktirilishi Yulduzga o'xshash tarzda tasvirlangan. Tarmoq topologiyasi Umumiy shina topologiyasi (Bus) Umumiy shina tarmoq tapologiyasi (bus- Общая шина)-bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi. Tarmoq topologiyasi Halqa topologiyasi. (Ring- Кольцо)- bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir Daraxtsimon tuzulmali topologiya (Tree- Древовидной); - Ushbu strukturada barcha kompyuterlar bir-biri bilan tarmoqlangan kanallar orqali bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |