Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari


-§ Bulutli texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish


Download 0.9 Mb.
bet5/6
Sana14.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1005177
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Meylimuhamadov Sardorbek 75 MAVZU

4-§ Bulutli texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish



Bulutli ta'lim


Kompyuterlar va Internet ta'lim tizimiga bir qator vazifalarni bajarish jarayonini takomillashtirish va osonlashtirish uchun kirishdi. O'quv jarayonidagi bulutli texnologiyalardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:

  1. Xodimlarning muhim hujjatlar bo'yicha hamkorligini tashkil etish, masalan, yillik reja yoki dastur. Ularning har biri hujjatning qismi uchun javobgardir va agar kerak bo'lsa, barcha foydalanuvchilar sharhlar qoldirishlari va ma'lumotlarni to'ldirishlari mumkin.

  2. Umumiy loyihaviy ish, shuning uchun o'qituvchi topshiriqlarni talabalarga topshirishi, majburiyatlarni baham ko'rishi va hisobotlarni tekshirishi, sharh berishi mumkin.

  3. Bulutli texnologiyalar elektron kundalikni yaratish va har qanday yozma topshiriqlarni uzatish uchun ishlatilishi mumkin. Bu uy maktabiga boradigan yoki biron bir sababga ko'ra darslarni o'tkazib yuboradigan bolalar uchun juda yaxshi tanlovdir.

Logistikada bulutli texnologiyalar
Bulut transport va ombor logistika sohasida juda yaxshi imkoniyatlarga ega. Bulutli texnologiyalar yordamida zanjirning barcha ishtirokchilari, ya'ni jo'natuvchi, operatorlar, transport kompaniyasi va qabul qiluvchining to'liq o'zaro ta'sirini ta'minlash mumkin. Ularning barchasi qayerda bo'lishidan qat'i nazar, real vaqt rejimida muloqot qilishlari mumkin. Bulutli texnologiyalardan foydalanish quyidagi afzalliklarni taklif etadi:

  • pudratchilar uchun ochiq tenderlar o'tkazish;

  • eng muvaffaqiyatli yo'nalishlarni aniqlash;

  • etkazib berishni boshqarish;

  • barcha transport ma'lumotlarini qayta ishlash va saqlash;  buyurtmalarni bajarish sifatini yaxshilash.

Bulut texnologiyasi xozirgi kunda yangi tushuncha xisoblanadi va bu tushuncha turli xil soxalarga endilikda kirib kela boshladi. Bulut texnologiyasi yordamida ta'lim beruvchi dars faoliyati davomida an’anaviy va noan'anaviy ta'limni tashkil qilish imkoniga ega bunda ta'lim beruvchi ta’limni tashkil qilishi uchun aloxida xaq evaziga serverni ijaraga olishi yoki hosting xizmatidan foydalanish talab etilmaydi. Bunday vazifalarni bulut provayderi o'z zimmasiga oladi. Ta'lim oluvchilar uchun ham bulut texnologiyasi yordamida tashkil qilingan ta'lim turida bir qancha imkoniyatlar mavjud, bunday imkoniyatlar sirasiga ta'limga tegishli barcha fayllar bir joyda saqlanadi, bunda ta'lim oluvchi masalan: kerakli adabiyotlarni internetdan qidirishiga hojat ham qolmaydi.
Bulutli texnologiyalar (ingliz tilida cloud services, cloud technologies) – hozirgi kunda keng qamrovli atama boʻlib, uning asosiy mazmuni – biror bir dastur yoki dasturlar majmuasini foydalanuvchi qurilmasida, emas balki internet tarmogi orqali xizmat ko’rsatuvchi qurilmasida ishlatilgan holatda ma'lum turdagi dasturiy xizmatlarni taqdim etish. masalan: fayllarni saqlash, fayllarga ishlov berish, ma'lumotlarni taxrir qilish va hokozo.
Bulutli servislarning eng keng tarqalgani bu Dropbox – fayllarni saqlash xizmat, GoogleDocs – ofis qo‘shimchalari, SalesForce – CRM va ERP tizimlardir.
Bulutli servislardan foydalanish uchun ko'p holatda foydalanuvchida internet tarmog'i va brauzer bo'lsa bas, ba'zida esa foydalanuvchi qurilmasiga servisni ishlatishdan qulay bo’lishi uchun dastur ilovalari o'rnatiladi. Masalan: Word, Excel dasturida qilinadigan ishlarni GoogleDocsi orqali bemalol bajarishingiz mumkin, buning uchun kompyuteringizda ofis ilovalari bo’lishi shart emas.
Bulut texnologiyasini ta'lim jarayonida va ta’lim muassasalarida qanday qo’llash mumkin?
Hujjatlar ustida hodimlarning hamkorlikda ishlashiyoki yillik rejani misol qilishi mumkin. Bulut texnologiyalari bir hujjat ustida hamkorlikda ishlash uchun kerakli hujjat yaratish yoki uni bulutli omborga joylashtirish kerak va bu hujjatdan foydalanish huquqini, bu hujjatga havolaga ega bo’lgan shaxsga yoki elektron xat manzillari orqali ruxsat berish mumkin
O'quv jarayonida kerak bo'ladigan ma'lumotlar va hujjatlar almashinuvini ta'lim oluvchilar o’rtasida xamda ta'lim oluvchi va beruvchi o’rtasida yo’lga qo’yish: referat va loyihalar bo’yicha ma'lumot almashish;
Ta'lim oluvchilar loyixa mavzularini oladilar va guruhlarga bo'linadilar. Guruhda vazifalar taqsimlanadi. Keyin esa guruh raxbar hujjat yaratadi va barcha ishtirokchilarga hujjatdan foydalanish huquqini beradi.
(xavola yoki elektron xat manzillari yordamida). Ta'lim oluvchilar loyiha ustida, hujjatlarni ma’lumotlar bilan to'ldirilgan holda ta'lim muassasalarida yoki uyda ishlaydi. Loyiha usida ishlar yakunlangach, ta'lim beruvchiga kirish huquqi beriladi.
Ta'lim oluvchilar loyiha ximoyasiga qadar xatolarni tuzatish uchun ta'lim beruvchi tamonidan hujjatning ma'lum bir qismiga sharh qoldirilishi mumkin bo’ladi. Loyihani yaratishda qatnashganlikni baholash uchun ta’lim beruvchi loyihadagi o'zgaruvchilar xronologiyasini kuzatib borishi lozim hisoblanadi. Bu xronologiya yordamida qaysidir darajadagi guruhning har bir ta'lim oluvchisi loyihaga qanday hissa qushganini aniqlash mumkin.
Ta'lim jarayoni foydalanuvchilardan tarmoq orqali turli xildagi ma'lumotlarni to'plashni tashkil qilish. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga berilgan vazifani qaysi darajasida amalga oshirilayotganini ko'rib turish imkoniga ega bo'ladi. Modellashtirish, jadvallarida sonli ma'lumotlarni qayta ishlash, diagrammalar tuzish kabi o'quv fanlari bo'limlari bo’yicha ham individual hamkorlikdagi amaliy ishlarni olib borish mumkin;
Boshlang'ich, jo'riy va yakuniy nazorat, undan tashqari o'zini o'zi nazorat qilish ishlarini o’tkazish mumkin. Ta'lim beruvchida xujjatlarda maxsus shakllarni qo’llagan xolda turli savol o'z ichiga olgan testlarni, savol-javob o'yinlarini tashkil etilishi, ta'lim oluvchilarni va ularning ota onalari uchun so'rovnomalar tashkil etilishi mumkin;
Muvofiq xizmatlar yordamida ta'lim jarayonini rejalashtirish nazariy va amaliy mashg’ulotlarini yaratishga, referatlarni toptirish muddatini belgilash, ta'lim oluvchilarga uy vazifasini eslatib qo'yish, mashg’ulotlarni boshqa vaqtga ko'chirilganligini haqida ogohlantirish mumkin bo’ladi.
Masofviy ta'lim. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga elektron kundalik vazifa beradi. Bu istalgan yozma vazifa bo’lishi mumkin. Ta'lim oluvchi yangi hujjat yaratishi kerak yoki ta'lim beruvchi tamonidan yaratilgan hujjat ustida ishlashi kerak (savollarga javoblar berish, vazifalarni echish, jadvallarni to'ldirish). Ta'lim beruvchi o'zgargan hujjatni ko'rishi mumkin, chunki unda hujjatga kirish huquqi mavjud bo’ladi.
Bulut xizmati bilan ishlash uchun birinchi navbatda internet tarmog'iga ulagan kompyuter kerak bo’ladi, bundan tashqari smartfon yoki planshet kabi mobil qurilmadan ham foydalanish mumkin. Mobil qurilmalarda hujjatlarni yaratish unchalik ham qulay emas, ammo hujjatlarga o'zgartishlar kiritish oson hisoblanadi.
Ikkinchi navbatda esa mavjud elektron xat manzili kerak. U bulut xizmatidan ro’yxatdan o’tish jarayonida yakunlash uchun zarur bo'ladi, chunki elektron xat manziliga havolaga ega xat kelib tushadi. Bu ilovadan o'tish orqali foydalanuvchi ro’yxatdan o'tishini tasdiqlaydi. Ro'yxatdan o'tish yakunlangach, xizmatdan foydalanishni boshlash mumkin.
Ta’lim jarayonida bulut hizmatlaridan foydalanish avzalliklari quyidagilardan iborat:
Dasturiy taminotga sarflangan mablag’larni tejash masalan: Offise Web Apps texnologiyasini ishlatgan holda hujjatlar prezintatsiyalar electron jadvallar vahokozo hujjatlar bilan ishlovchi offise texnologiyalarini sotib olmasak ham bo’ladi.
Ko’p turdagi o’quv ishlarini online tarzda amalga oshirish mumkin. Shu qatorda ta’lim beruvchilar tamonidan online tarzda nazorat qilishini va baxolanishi mumkin.
Xavfsizlik. Antivirus, Antixakker xavsizlik xizmatlari bulut xizmati xodimlari tamonidan ta’minlanadi.
Serverdagi joyining tejalishi malumotlarni saqlash bulut xizmati tamonidan amalga oshiriladi.
Imkoniyati cheklangan insonlarning ta’limdan foydalanish imkoniyati.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqiladigan bulut texnologiyalarini o’qitish jarayonida tadbiq qilish ta’lim tizimidagi istiqbolli innovatsiyalardan biri hisoblanishi xulosa qilish mumkin.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling