Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari
Download 46.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqREFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Nano texnologiyalarning rivojlanishdagi o’rni va ahamiyati” MAVZUSI BO’YICHA REFERAT Bajardi:…
- Nanotexnologiyaning inson hayotidagi o’rni Xulosa
- «Nanotexnologiya» nima va u qaysi sohalarda qo‘llaniladi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Toshkent amaliy fanlar universiteti __________________________________________________________ IQTISODIYOT FAKULTETI 60410100-buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi “IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI” fanidan “Nano texnologiyalarning rivojlanishdagi o’rni va ahamiyati” MAVZUSI BO’YICHA REFERAT Bajardi:…guruh talabasi……… Qabul qildi:…………… REJA: 1.< Nanoolam haqida ma’lumot Nanotexnologiyaning inson hayotidagi o’rni Xulosa Yigirma birinchi asr global o‘zgarishlar davri bo‘lib qolmoqda. Turli sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bunga misol bo‘ladi. Shunday yangiliklar ko‘plab yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lib xizmat qilmoqda. Ilmiy yangiliklar borasida so‘z yuritilganida, “nanotexnologiya” iborasi ko‘p qo‘llanilmoqda. «Nanotexnologiya» nima va u qaysi sohalarda qo‘llaniladi, degan savolga barcha olimlar quyidagicha qisqacha ta’rif beradi: “Nanotexnologiyalar moddalarning odatiy xususiyatlarini o‘zgartiradi va dunyoni yaxshi tarafga o‘zgarishiga ko‘maklashadi”. Inson organizmining har qanday to‘qimalariga kirish qobiliyatiga ega, kichik o‘lchamli nanorobotlar u yoki bu kasalliklarni davolay olishlari va eng malakali jarrohlar uddalay olmaydigan operatsiyalarni amalga oshira olishlari mumkin. “Nanotexnologiyalar” tufayli kelajakda “Aqlli uylar” barpo etilishi kutilyapti. Bu uylarda insonlar deyarli odatiy zerikarli maishiy yumushlar bilan shug‘ullanishiga hojat qolmaydi. Bu vazifalarni “aqlli jihozlar” va “aqlli changlar” o‘z zimmasiga oladi. Agar harorat yuqori bo‘lsa “aqlli material” harorat almashinishi natijasida o‘z rangini o‘zgartiradi. Insonlar g‘ubor tegmaydigan va hattoki o‘z egasiga tushlik qilish yoki yuvinish vaqtini ham eslatib turadigan kiyimlarni kiyish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Nanozarrachalar bilan qoplangan matodan tikilgan kiyimlar oddiy yomg‘ir ta’sirida kirlardan oson tozalanadi. “Nanotexnologiyalar”ning yana bir afzalligi shundaki, kompyuter texnikasi va mobil telefonlarni dastro‘mol kabi buklab yon cho‘ntakda olib yurish imkoniyati tug‘iladi. Kelajakda yaroqsiz uyali aloqa vositalari uyumidan chiroyli va go‘zal gullar unib chiqadi. Bir so‘z bilan aytganda, nanotexnolog-olimlar inson hayotining sezilarli darajada o‘zgartirishga bel bog‘laganlar. “Nanotexnologiya” so‘zi ikki: “nano” va “texnologiya” so‘zlaridan iborar bo‘lib, “nano” biror-bir narsa, masalan, metrning milliarddan bir qismini bildiradi. Bitta atomning o‘lchami nanometrdan biroz kichik hisoblanadi. Agar odamning bo‘yi bir nanometrga teng bo‘lganida edi, oddiy qog‘oz varag‘ining qalinligi bir yuz yetmish kilometrga teng bo‘lar edi. “Texnologiya” so‘zi mavjud materiallardan insonga kerakli bo‘lgan narsalarning yarata olishni bildiradi. Yaqin-yaqinlarda ham nanoolam haqida hyech qanday ma’lumotga ega emas edik. Hozirgi kunda uning hayotimizga kirib kelishi va zamonaviy texnika vositalaridan keng foydalana boshlaganimiz sir emas. Mo‘jaz olam o‘z bag‘rida qanday sir va sanoatlarni mujassam qilgani biz uchun har doim ham qiziqarli. Download 46.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling