Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari
Download 46.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqREFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nanotexnologiyaning inson hayotidagi o’rni
Nanoolam o‘z bag‘riga allaqachon elektronika, biologiya, tibbiyot, energetika, materialshunoslik va boshqa sohalarni qamrab olgan. Uning turli sohalarga tatbiqi haqida muntazam o‘qib, eshitib bormoqdamiz. Ayniqsa, u sement, metall qotishmalari, lok-bo‘yoq va boshqa ko‘plab materiallar ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilina boshlandi. Shunga qaramay nanoolam haqidagi tasavvurlarimizning hamon juda torligi va sayozligi bilinib turadi, chunki nanoolam g‘oyat katta imkoniyatlarni o‘zida mujassam qiladi.
Uning dastlab sanoatga joriy etilishi kuzatildi. Mana endi qishloq xo‘jaligiga ham tezkor ravishda tatbiq etila boshlandi. O‘zbekiston aholisi nanotexnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan kundalik hayotida foydalanayotir. Masalan, sintezlangan kumush nanozarrachalari qator gigiena vositalariga qo‘shilmoqda. Bu esa mahsulotlarning bakteritsid hamda davolash xususiyatini oshirayotir. 2014-yili Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqarilayotgan kumush nanozarrachalari eritmasi teri yallig‘lanishi kasalliklari, xususan, ekzema, yuqumli dermatit, mikoz va boshqa xastaliklarda yordam beradi. Ayni paytda mamlakatimiz to‘qimachilik va lok-bo‘yoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga biotsid xususiyat beradigan kumush nanozarrachalari qo‘shish zarurligi haqida muzokaralar olib borilmoqda. Bu, ayniqsa, issiq iqlim sharoitlarida juda ham muhim. Gannover universitetidagi (Germaniya) hamkasblarimiz bilan birgalikda o‘tkazilgan va nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan ko‘plab tadqiqotlar natijalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida sintezlangan nanokompozit materiallar konsentratsiyalaridan foydalanish ekologik xavfsiz va mutlaqo zararsiz ekanini yana bir bor isbotladi. Nanotexnologiyaning inson hayotidagi o’rni Nanotexnologiya atamasi ilk bor yapon olimi Norio Taniguchi (Tokyo Science University) tomonidan 1974-yili Yapon aniq mashinasozlik jamiyati anjumanida “Nanotexnologiyaning asosiy konsepsiyasi haqida” nomli ilmiy ma’ruzasida qo‘llanilgan. Biroq, bu sohada birinchilik, ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, mashhur amerikalik fizik, kvant elektrodinamikasini yaratgan, Nobel mukofoti laureati Richardu Feynmanga tegishli deb sanaladi. 1959-yili Feynman o‘zining “U yerda, quyida joy to‘la” nomli mashhur ma’ruzasida o‘z qarashlarini bayon etgan. U muhandislarga Britanik ensiklopediyasining 24 ta tomini oddiy to‘g‘nagichning uchida joylashtirishni taklif qilgan. Feynman auditoriyaga, material va qurilmalarni atom yoki molekuryar darajada tayyorlashni ko‘zda tutadigan fantastik istiqbollar haqida so‘zlab beradi va pastga qarab boruvchi tamoyillarni miniatyur (o‘ta kichik) o‘lchamga keltirishga chaqiradi. Nanotexnologiya rivojlanishining keyingi odimi Syurix IBM laboratoriyasidan (Shveytsariya) Genrix Rorer va Gerd Binnig tomonidan kashf qilingan ixtiro bilan bog‘liq. Ular skanerlovchi tunel mikroskopni kashf etdilar va buning uchun ular 1986 yilda fizika bo‘yicha beriladigan Nobel mukofoti laureatiga aylandilar. Bu haqida batafsil to‘xtalmagan holda, skanerlovchi tunnel mikroskopining ishini qyidagicha tavsiflab beramiz. Unga uncha katta bo‘lmagan kuchlanish berilgan o‘tkir igna material sirti bo‘ylab, taxminan 1 nm masofada harakatlanadi. Ignaning uchidan sirtga elektronlar tunnellashtiriladi va uncha katta bo‘lmagan tok hosil bo‘ladi. Uning kattaligi, ko‘p hollarda, igna bilan sirt o‘rtasidaga masofaga bog‘liq bo‘ladi. Bu masofaning birlik atom o‘lchamidan kichik kattalikka o‘zgarishi tokning keskin –bir necha barobar o‘zgarishini keltirib chiqaradi Yaqin kelajakda suvni kimyoviy tozalash tizimlarida ham kumush nanozarrachalaridan foydalanish istiqbolli yo‘nalishlardan biriga aylanishi mumkin. Mamlakatimizda isitish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan dastur doirasida ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta’minlashning yopiq tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish va mahalliy qozonlar qurish rejalashtirilgan. Bunda har bir qozonga suvning qaynab ketishining oldini olish va xizmat muddatini uzaytirish uchun suvni kimyoviy tozalaydigan maxsus tizimlar o‘rnatish talab qilinadi. Ushbu tizimlar nafaqat avtomatlashtirilgan tartibda ishlashi, balki suv sifati va mahalliy iqlim sharoitlariga ham moslashtirilishi kerak. Bundan tashqari, uglerod nanozarrachalari asosida ishlab chiqilgan nanokompozit materiallarni qo‘llash mumkin. Misol uchun, ulardan qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan zamonaviy uylarda o‘rnatilayotgan suvni zararsizlantirish tizimlarida foydalanish mumkin. Ishlab chiqarilayotgan mazkur tizimlar soatiga 4 kub metr suvni zararsizlantirish quvvatiga ega bo‘lib, 60 Vt elektr energiyasi sarflaydi. Ultrabinafsha nurlanish asosida an’anaviy qo‘llanib kelinayotgan tizimlardan farqli ravishda nanotexnologiyalardan foydalanish qattiqlik va minerallashuv darajasi yuqori bo‘lgan suvni qayta ishlashda xavfsiz va barqaror zararsizlantirish imkonini beradi. Bunday xom ashyo va materiallardan foydalanish samarasida ularning narxi chet elda ishlab chiqilgan ana shunday mahsulotlardan qariyb uch barobar arzon bo‘ladi. Ayni paytda mamlakatimizda gazni oltingugurt vodorodidan tozalash uchun, asosan, chet eldan olib kelinadigan qimmatbaho uskuna va kimyoviy moddalar talab qiladigan uslublardan foydalanilmoqda. Gazni oltingugurtdan tozalash uchun import o‘rnini bosadigan yangi adsorbentlar ishlab chiqish, shuningdek, mis nanozarrachalaridan foydalanish mahsulot tannarxini kamaytirish va adsorbatsiya xususiyatlarini yaxshilashni ta’minlaydi. Xulosa: Nanotexnologiyalar anʼanaviy fanlardan sifat jihatidan farq qiladi, chunki bunday shkalalarda materiya bilan ishlashning odatiy makroskopik texnologiyalari koʻpincha qoʻllanilmaydi va odatdagi shkalada ahamiyatsiz boʻlgan mikroskopik hodisalar sezilarli darajada kuchayadi. Nanotexnologiya va xususan, molekulyar texnologiya yangi juda kam oʻrganilgan fanlardir. Bu sohada bashorat qilingan asosiy kashfiyotlar hali amalga oshirilmagan. Shunga qaramay, olib borilayotgan izlanishlar allaqachon amaliy natijalarni bermoqda. Nanotexnologiyada ilgʻor fan yutuqlaridan foydalanish uni yuqori texnologiya sifatida tasniflash imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Fan) (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Texnika) (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Nazariya) (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Atom) , (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Molekula) (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Elektronika). Download 46.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling