5 – usul. Проводник yordamida nusha olish.
Bunda kerakli oynalarni oldindan tayyorlab olish kerak emas. Проводник ning oynasida kerakli fayl topilib, Правка / Встaвить tanlanadi (yoki uskunalar panelidagi mos tugma). Endi nusxalash zarur bo’lgan papka topilib joriy qilinadi. Правка / Встaвить tanlanadi (yoki uskunalar panelidagi mos tugma).
6 – usul. Kontekst – menyu orqali nusha olish.
Faylni belgilaymiz va sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, Kontekst – menyuda Копировaть qatorini tanlaymiz. Kerakli oynaga o’tib, bo’sh joyga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, Kontekst – menyuda Встaвить ni tanlaymiz.
7 – usul. А: diskka nusxalash da yuqoridagi ihtiyoriy usul qo’llansa bo’ladi, lekin buning alohida usuli ham bor Faylga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib Kontekst – menyuda Отправить / Disk 3,5 (А) tanlanadi. Bunda fayl А diskning eng yuqorigi sathiga yoziladi. Boshqa yo’li: faylni А: disk rasmi ustiga sudrab olib boramiz va qo’yib yuboramiz.
Birdan ortiq faylni nusxalash zarur bo’lgan holda fayllar guruhini ajratib olamiz va nusha ko’chirishning yuqoridagi usulini qo’llaymiz.
Faylni o’chirish.
1 – usul. Faylni o’chirish uchun uni belgilaymiz va [Del] tugmasini bosamiz. Bunda faylni корзинаga ko’chirish uchun tasdiq so’raladi.
2 – usul. Faylni belgilaymiz va Файл / Удaлить (o’chirish) menyusini tanlaymiz (yoki uskunalar panelidan «o’chirish» tugmasini bosamiz).
3 – usul. Faylni belgilaymiz va sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, kontekst – menyuda Удaлить qatorini tanlaymiz.
4 – usul. O’chiriladigan faylni корзина ustiga sudrab olib boramiz va sichqoncha tugmasini qo’yib yuboramiz.
Bir necha fayllarni o’chirish uchun ular ajratib olinadi va yuqoridagi biror usul qo’llanadi.
Faylni ko’chirib o’tish.
1 – usul. Agar fayl turgan papka ham, nusxalanadigan papka ham bitta diskda joylashgan bo’lsa, Drag & Drop usulini qo’llaymiz (faylga sichqonchani bosgan holda ko’chiriladigan papkaga olib boramiz).
Do'stlaringiz bilan baham: |