Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari


Elektron xukumat tushunchasi va vazifalari


Download 189.98 Kb.
bet21/99
Sana04.04.2023
Hajmi189.98 Kb.
#1326596
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya

29.Elektron xukumat tushunchasi va vazifalari.
Электрон ҳукумат давлат органларининг жисмоний ҳамда юридик шахсларга ахборот-коммуникация технологиялари воситасида давлат хизматлари кўрсатишга оид фаолиятини, шунингдек идоралар ўртасида электрон ҳамкорлик қилишни таъминлашга йўанлтирилган ташкилий-ҳуқуқий чора-тадбирлар ва техник воситалар тизими ҳисобланади.Электрон ҳукуматни турлича таърифлаш мумкин. Кенг маънода, электрон ҳукуматнинг вазифалари ва хизматлар кўрсатиши ҳамда фаолиятини ривожлантириш учун АКТни қўллаш кўринишида белгиланиши мумкин.Шунингдек, электрон ҳукуматни ― давлат оганлари кўрсатаётган ҳизматларнинг, очиқлиги, шаффофлиги, шунингдек, самарадорлиги ва сифатини ошириш мақсадида рақамли технологиялардан фойдаланиш усули деб тушуниш ҳам ўринлидир. Бундан ташқари, электрон ҳукуматни АКТни кўллаган ҳолда давлат органларининг янада самарали фаолият кўрсатиши ҳамда фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларига сифатли хизматлар кўрсатиш тизими деб таърифлаш мумкин.
Э-хизматларнинг яна бир муҳим жиҳати шундаки, улар давлат органлари фаолиятининг очиқлиги ва шаффофлигини таъминлаш баробарида нафақат шу ташкилотнинг, балки бутун мамлакатнинг умумий имижини мустаҳкамлашга хизмат қилади.Бир сўз билан айтганда, электрон ҳукумат атамаларини қуйидаги тўртта асосий қисмлар орқали умумлаштирса бўлади.
Электрон ҳукуматқуйидагичатавсифланади:

  • АКТ дан фойдаланиш (компютертармоқлари, интернет, факс ва телефон);

  • Ҳукумат фаолиятини қўллаб-қувватлаш (ахборот билан таъминлаш, хизматлар, маҳсулотлар, маъмурий бошқарув);

  • Фуқаролар билан ҳукумат муносабатларини ривожлантириш (янги алоқа каналларини яратиш, сиёсий ёки маъмурий жараёнларга фуқароларни тарғибот ва ташвиқотлар орқали жалб қилиш);

  • Белгиланган стратегияларга мос равишда иштирокчиларнин гтегишли жараёнларда қатнашиш фаоллигини белгилаш.


30.Elektron xukumatni amalga oshirishning usullari.
Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi unga turdosh usullaridan farqli ravishda, qisqa muddatda eskirgan, o’zini oqlamagan samarasiz usullar va vositalardan, rudiment jarayonlardan butunlay voz kechish xamda jarayonlarga zamonaviy AKTni joriy etish orqali mamuriy jarayonlarni tubdan isloh qilishni nazarda tutadi.Bunda ma’muriy jarayonlarni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari manfaatlari emas, balki, faqat va faqat istemolchi fuqarolar manfaatlari, ularning extiyojlari, talabi va shart-sharoitlari birlamchi hisoblanadi.Davlat va xo’jalik boshqaruv organlarning mutassadi rahbarlari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini paysalga solishga bo’lgan harakat va intilishlari, davlat xizmatlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan islohotlarga jiddiy to’siqlar yaratishi mumkin.
Reinjiniringni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Siyosiy qaror va hohish-irodaning mavjudligi;
2. Samaradorlik – asosiy omil sifatida;
3. Iste’molchi uchun qulayliklar yaratish;
4. Jarayonlarning funksiyalarga nisbatan afzallikka ega bo’lishi;
5. Vakolatlarni quyi bo’limlarga va mutaxassislarga topshirish;
6. Innovatsion yondashuv;
7. Muammoli masalalarni aniqlashda ichki va tashqi muhitni uzviy o’rganish.
Ushbu tamoyillarga va reinjiniring tadbirining asosiy omillariga ko’ra, ma’muriy jarayonlar reinjiniringini amalga oshirishda yuqori lavozimdagi rahbarlarning siyosiy qaror va hohish-irodalari birlamchi omil hisoblanadi va reinjiniring tadbirlarini “yuqoridan pastga” qarab amalga oshirish uchun asosiy turtki vositasini o’taydi.Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi natijasida ham davlat organlari, ham iste’molchilar (aholi, tadbirkorlik sub’yektlari) manfaatdor bo’lishini ta’minlash joiz. Bunda barcha ortiqcha, takroriy va salbiy byurokratik to’siqlar bartaraf etilib, faqatgina “zaruriy byurokratiya”ga yo’l qo’yiladi. YA’ni, aholi va tadbirkorlar uchun ma’muriy yukning minimal zaruriy ko’rinishlarigagina yo’l qo’yiladi.Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda “proaktiv” xizmatlar konsepsiyasi ilgari surilmoqda, ushbu konsepsiyaga muvofiq, ayrim davlat xizmatlari uchun hattoki iste’molchilarning murojaatlari ham talab qilinmaydi. Masalan, farzand tug’ilishi bilan mahalliy hokimiyatlar tomonidan bolalar bog’chasi va umumta’lim maktabiga ro’yxatga olish xizmati “proaktiv” xizmatlar ro’yxatiga kiradi.

Download 189.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling