Iqtisodiyotda information komunikatsion texnologiya


Download 343.52 Kb.
bet3/7
Sana08.01.2023
Hajmi343.52 Kb.
#1083839
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G\'ayratov Asadbek KMMT-70

Bir bank, aniqrog‘i pulni saqlab beruvchi xizmatlaridan bir-biri bilan o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘langan bir necha shaxslar foydalanish mumkin bo‘lgani uchun, asta-sekin mijozlarga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish operatsiyalariga ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. Dastavval ular quyidagicha amalga oshirilar edi. Har bir omonatchi pulni saqlab beruvchida uning ismi yozilgan jadval shaklidagi o‘z hisob varaqasiga ega bo‘lgan. Bu jadvalda pullarning harakati (kirim yoki chiqim) aks ettirilar edi. Butun operatsiyani pulni saqlab beruvchi-bankir omonatchining og‘zaki yoki yozma buyrug‘i bilan amalga oshirar edi. Bunda mos o‘zgarishlar o‘zaro hisob- kitoblarda ishtirok etuvchi shaxslar jadvallariga kiritilar edi. Bu eng sodda xizmatlar naqd pulsiz hisob-kitoblarning dastlabki shakllarini tashkil qilgan.

Barcha yuqoridagi operatsiyalar dastlab alohida mavjud bo‘lgan va keyinchalik ular biz bank deb nomlashga odatlangan bir xil tashkilotlar chegaralarida birlashganlar. G‘arbiy Evropada oddiy ayirboshlash idoralaridan bank uylariga o‘tish jarayoni XVI-XVII asrlarda ro‘y berdi. Ko‘pchilik iqtisodchilar bank mohiyatini ssuda (kredit) operatsiyalarida ko‘rishga moyildirlar. SHuni hisobga olish kerakki, har bir davlatda bank faoliyatining qonuniy tariflarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. SHunday qilib, bank ishining asrlik an’analariga ega Angliyada 1979 yilda banklar to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Unda “bank” atamasining ta’rifiga alohida e’tibor berilgan. Britaniyalik qonun chiqaruvchilar bank ta’rifini ancha soddalashtirganlar, ya’ni ular bank deganda Angliya Davlat Banki bank deb tan olgan har qanday kompaniya tushunilishi mumkinligini qayd etganlar. To‘g‘ri, o‘z navbatida Angliya Banki Jahon tajribasi nuqtai nazaridan umum tan olingan bank xususiyatlariga ega bo‘lgan mezonlarni o‘rnatgan. Xususan, bank maqomiga da’vo qiluvchi kompaniya omonatlar qabul qilayotgani, kreditlar berayotgani, eksport-import moliya operatsiyalarini amalga oshirayotganligi, valyuta ayirboshlayotganligi, investitsion xizmat ko‘rsatayotganligi va moliya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlar berayotganligini isbot qilishlari ham kerak.


Download 343.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling