Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar va xorijiy tajribalardan foydalanish
Download 148.94 Kb.
|
Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 1
IQTISODIYOTDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHInnovatsiyalarning sohalar bo‘yicha turlariBugungi kunda nafaqat innovatsion loyihalar, balki innovatsion dasturlarni mamlakatimiz hayotida amalga oshirish muhim masalalardan biridir. Bu borada 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasida” ham ijtimoiy va infratuzilma dasturlarini amalga oshirish belgilangan. Bu dasturda transport va savdo xizmatini yaxshilash, ichimlik suv ta’minoti, yo‘llarni tuzatish va boshqa tadbirlar amalga oshirilishida innovatsiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan marketing uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o‘z ichiga mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o‘zgartirishlarni, mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha, shuningdek ularni bozorlarga tanitish va olg‘a siljitish bo‘yicha yangi uslublardan foydalanish, yangi narx strategiyalarini shakllantirishni oladi. Bu o‘zgartirishlar mahsulot iste’molchilarining ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, sotish hajmini ko‘paytirish maqsadida mahsulotlar va xizmatlar iste’molchilarining tarkibini kengaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Mahsulot dizaynidagi o‘zgartirishlar yangi marketing konsepsiyasining bir qismi bo‘lib, ular mahsulotning shakli va tashqi ko‘rinishidagi o‘zgartirishlarni o‘z ichiga oladi. Bular mahsulotning funksional va foydalanish xususiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek, bunday o‘zgartirishlarga qadoqlanishi tashqi ko‘rinishini ta’riflab beruvchi iste’mol mahsulotlari, ichimliklar, yuvish vositalari kabi mahsulotlarning qadog‘idagi o‘zgartirishlar ham kiradi. Mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha yangi uslublardan foydalanish sotishni kengaytirish bilan bog‘liqdir. Bunga logistika (xomashyo, tarkibiy qismlar va tayyor mahsulotlarni tashish va omborxonalarda saqlashni boshqarish) uslublari kirmaydi. Mahsulot (xizmat)larni bozorga tanitish va olib chiqishning yangi uslublaridan foydalanish korxonaning mahsulot va xizmatlarini olib chiqish uchun yangi konsepsiyalardan foydalanishni anglatadi. Mamlakatimizda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanish yoki iqtisodiyot sohasida innovatsion ishlarni amalda qo‘llash va boshqa innovatsion tarmoqqa aloqador ishlarni amalga oshirishda me’yoriy- huquqiy hujjatlar mavjud. Ular quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi ; O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatasining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasinig qarorlari va farmoyishlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Mamlakatimiz Prezidentining 2018- yil 7- maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli qarori katta imkoniyatlar yaratib berganligi va iqtisodiyotni rivojlantirishda ilim-fan bilan integratsiyasi ahamiyatli ekaligi jahondagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidan ham bizga ma’lum. Mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakillantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Respublikamizni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi shakillantirilganligi maskur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Hozirda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishda bir qancha imkoniyatlar yaratilmoqda hamda innovatsion faoliyatga oid hujjatlar qabul qilingan (3.1.1-jadval). Shu bilan birgailmiy-tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib kelmoqda: oddiy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot korxonalari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish ko‘rsatkichlarining pastligi hamda qoniqarsizligi; 3.1.1-jadval Download 148.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling