Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar va xorijiy tajribalardan foydalanish


-rasm. Innovatsiyani iqtisodiy faoliyat sifatida turlari


Download 148.94 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2023
Hajmi148.94 Kb.
#1145291
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 1

3.1.1-rasm. Innovatsiyani iqtisodiy faoliyat sifatida turlari


Kumulyativ ilmiy izlanish tajribalardan biri kumulyativ mahsulotni o‘z ichiga olib, ushbu kumulyativ mahsulot texnologik jarayonning tarkibiy qismidir. Sanoat unumdorligini o‘sishiga oid empirik izlanishlari orqali texnologik rivojlanishni tannarxini kamaytirish yo‘lini mikroelektronika, telekommunikatsiya va mos sanoat turlarida aniqladi.
Ushbu usullarga tayangan holda makon va zamonda innovatsion imkoniyatni quyidagi turlarga ajratish mumkin (3.1.2-rasm).




3.1.2-rasm. Innovatsion imkoniyatning iqtisodiy kategoriya


sifatida tasnifi
Innovatsion imkoniyat yoki quvvat obyekt innovatsion taraqqiyotining oxirgi chegarasidir. Davlatning innovatsion imkoniyatini uch xil usul bilan aniqlash mumkin:

  • hududiy (hudud innovatsion imkoniyatining o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi);

  • tarkibiy (xo‘jalik yuritish tarmog‘ining innovatsion imkoniyatini o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi);

  • ijtimoiy (xalq innovatsion imkoniyatining o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi).

Jati Senguptaning innovatsion modellar klassfikatsiyasi quyidagicha:

  1. Raqobatdosh innovatsion modellar

  2. Texnik innovatsiyalar va diffuzion modellar

  3. Kurno-Nashning ortiqchalik samarasi dinamik modeli

  4. Talabga oid innovatsion modeli.

Innovatsion faoliyat statistik hamda dinamik holatda ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar statistikada yangilik kiritish bu yangiliklarni tijoratlashtirishning yakuniy natijasi bo‘lsa, dinamikada yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish vatarqatish murakkab jarayoni hisoblanadi.
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi.
Yangi mahsulot (jarayon) asoslab berilgach, taklif etilayotgan innovatsiyaning marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi. Marketing tadqiqotlari davomida yangi mahsulot yoki jarayonga talab o‘rganiladi, agar ular limitlanadigan bo‘lsa ularni chiqarish hajmi yoki soni belgilanadi, innovatsion bozorga kirib borayotgan tovarlarning tovar tavsifnomalari va iste’mol xususiyatlari aniqlanadi. So‘ngra innovatsiyani sotish, ya’ni bozorda innovatsiyaning kichik partiyasi paydo bo‘lishi, uni ilgari surish, samaradorligini baholash va diffuziyalash amalga oshiriladi.
Quyidagi jadvalda innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillar tizimi ko‘rsatilgan (3.1.2-jadval).
3.1.2-jadval

Download 148.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling