Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar va xorijiy tajribalardan foydalanish


Innovatsion faoliyatga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot10


Download 148.94 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2023
Hajmi148.94 Kb.
#1145291
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 1

Innovatsion faoliyatga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot10






Qabul qilingan hujjat nomi



Qabul qilingan organ

Qabul qilingan hujjat raqami va sanasi

1

Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

PQ-916-son 15.07.2008

2

Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

PQ-2789-son 17.02.2017

3

Ilmiy-tadqiqot muassalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora
tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

PQ-3365-son 01.11.2017

4

Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal
integratsiyalashuvini tashkiliy chora- tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiQarori

PQ-3673-son 18.04.2018

5

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

PQ-3674-son 19.04.2018

6

Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

PQ-3682-son 27.04.2018

7

Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

PQ-3697-son 05.05.2018

8

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

PQ-3698-son 07.05.2018

9

Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish
chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

24-son 12.01.2018



10www.lex.uz veb sayti ma’lumotlari asosida mualllif tomonidan yaratildi.
innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar va tarmoqlar darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleksa dasturlarini amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini mavjud emasligi;
xususiy sektor vakillarini innovatsion faoliyatiga, jumladan ularning manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi;
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarining mavjud emasligi;
ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart- sharoitlarni yaratishda:

  • oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamg‘armalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etish;

  • ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosarlari innovatsiya faoliyatiga oid masalalar, ilmiy- innovatsion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari bo‘yicha bevosita O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobdordir;

  • oliy ta’lim muassasalarining innovatsion jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda – innovatsion jamg‘armalar) shakillantirish innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar, oliy ta’lim muassasalarining ish haqi, stipendiya to‘lash, boshqa joriy xarajatlari to‘langandan keyin to‘lov kontrakti mablag‘larini 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini yo‘naltirish hisobiga amalga oshiriladi.

Innovatsion jamg‘armalarning mablag‘lari:

  • ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishga;

  • ilmiy labaratoriya uskunalari, sarflash materiallari va butlovchi buyumlar sotib olishga;

  • ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakillantirish va yangilashga, ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga;

  • innovatsiya faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin.

Quyidagilar oliy ta’lim muassasalarini ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq xatarlarni baholash;

  • yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;

  • innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;

  • yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

  • oliy ta’lim muassasalarining ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linamalari faoliyati innovatsion jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Innovatsiyalarni joriy qilishning eng optimal darajalarini e’tiborga olgan holda innovatsion faoliyatga quyidagicha ta’rif va tavsiflarni berish mumkin (3.1.1-rasm).
Innovatsion faoliyat – bu ishlab chiqarishni, uning moddiy-texnika bazasini yangilashga va rivojlantirishga imkon beruvchi yangi g‘oyalar va ishlanmalarni yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan jarayonlar majmuasidir.


Download 148.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling