Reja: 1. Monopoliya va uning vujudga kelish sabablari. 2. Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari. 3. Raqobat kategoriyasining mohiyati va shakllari. “Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni, grekcha “monos” – yagona, bitta, va “poleo” - sotaman) tarkib topadi, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqoladi . Monopoliya – моnоpоl yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari bo’lib, monopoliyalarning vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Asosiy sabab – olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi, foydaning (qo’shimcha mahsulot) bir qismi kapitallashtirib boriladi. Monopoliyalarning turlari quyidagilardan iborat: 1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: * monopoliya. 2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi * *tabiiy monopoliya; * legal monopoliya; * sun‘iy monopoliya. Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi. Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‘sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi: 1. Monopoliya ma‘lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi . 2. Monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi . Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo’yidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin: 2. daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi; 4. iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, taklif, narx va raqobat usullari qo’llaniladi. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy xodisa bo’lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi . Raqobat – bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobatning to’rtta shakli mavjud:
1. Erkin raqobat;
2. Monopolistik raqobat;
3. Monopoliya;
4. Oligopoliyadir.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri demping narxlarni qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlarda sotadi. Etiboriz uchun raxmat
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |