Iqtisodiyotda pul mablag'lari doim harakatda bo'ladi. Sotuvchi va xaridor o'rtasidagi aynan shu oldi-sotdi munosabatlari moliya bozorini belgilab beradi
Download 31.51 Kb.
|
капитал бозори
Savdo maydonidagi vositachi
Dunyoning yetakchi davlatlari tajribasida moliya bozorini rivojlantirish va tarkibiy jihatdan o'zgartirish bevosita kapital bozorining rivoji bilan bog'liq. Mamlakatimizda bu yo'nalish so'nggi yillarda yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri sifatida belgilangan. Bu kapital bozordagi savdo-sotiq ko'rsatkichlarini yanada oshirmoqda. Birgina misol, o'tgan yili fond birjasi savdo aylanmasi 1260,5 milliard so'mni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan ikki yuz foizdan ortiqroq yoki 2,2 baravarga oshgan. Tuzilgan savdo bitimlari hajmi bo'yicha ham ijobiy natijalar qayd etilib, 71 489 ta qayd etilgan. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bilan kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga qadar erkin muomaladagi qimmatli qog'ozlarga asoslangan bozor kapitallashuvini amaldagi 1,9 dan 45 trillion so'mga etkazish vazifasi qo'yilgan. Bunda banklar tomonidan kreditlashga muqobil bo'lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish, kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta'minlovchi qonunchilik bazasini yaratish hamda minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilim, ko'nikma va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo'llab-quvvatlashni nazarda tutilgan. Mazkur dasturlar doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholi qamrab olinadi. Kapital bozori haqida turli ta'riflarni keltirish mumkin. Masalan, yevropalik iqtisodchilar kapital bozoriga aktsiyadorlik kompaniyalarining investitsion jozibadorligini ta'minlashdagi muhim omil sifatida qaraydi. Moliya bozorini optimallashtirish orqali minoritar aksiyadorlarning ham manfaatlarini himoya qilishga erishish mumkinligi ta'kidlanadi. Chunki korporativ tuzilmalar faoliyati iqtisodiy taraqqiyotda muhim o'rin tutadi. Shu bois, yurtimizda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etishga doir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi, “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida”gi Qonunlari yangi tahrirda qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi. Shuningdek, bir qancha qarorlar qabul qilindiki, ular aksiyadorlik jamiyatlarini son jihatdan optimallashtirish, kapital bozoridagi faoliyatini samarali tashkil etish, moliyaviy manbalarini shakllantirishda qimmatli qog'ozlar salmog'ini oshirish hamda xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qilib kelmoqda. Kapital bozorini rivojlantirish agentligining ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunda emissiya qilingan aktsiyalarning umumiy nominal qiymati 100 trillion so'mdan ortiq bo'lib, ulardan faqatgina 1,5 foizigina erkin muomalada harakat qilmoqda. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan hisoblaganda 1 foizdan kam bo'lib, ushbu ko'rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz va Rossiyada 34 foizni tashkil etadi. Mazkur holat O'zbekistonda kapital bozorining investitsiyalar va jamg'armalar o'rtasida vositachilik rolini sifat va miqdor jihatdan oshirish zarurligini ko'rsatadi. Download 31.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling