Iqtisodiyotdagi elastiklik turlari: • Baho bo'yicha talab elastikligi
Download 0.93 Mb.
|
mikro va makro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotdagi elastiklik turlari
Javoblar.1. Elastiklik - bir o'zgaruvchining boshqa bir o'zgaruvchi ta'siri ostida o'zgarishini o'lchaydigan o'lchov aniqroq qilib aytganda biror o'zgaruvchining bir foizga o'zgarishini natijasida boshqa bir o'zgaruvchining ma'lum foiz miqdorga o'zgarishini ko'rsatadigan kattalikdir.Iqtisodiyotdagi elastiklik turlari:• Baho bo'yicha talab elastikligi• daromad bo'yicha talab elastikligi;• Baho buyicha talabning kesishma elastikligi;• Resurslarning baho elastikligi;• Bir resursni boshqa resur bilan almashtirish elastikligiMa′lumki tovarga bo`lgan talab, uning narxiga, iste′molchi daromadiga va boshqa omillarga bog`liq. Xuddi shuningdek, taklif ham tovar narxi, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa omillarga bog`liq. Masalan, limonning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin biz narx o`zgarishi ta′sirida limonga talab yoki taklifni miqdoriy jihatdan o`zgarishini aniqlamoqchimiz. Aytaylik, limon narxi 15 %ga oshsa, unga talab qanchaga qisqaradi? Narx 20 %ga pasaysachi? Yoki daromad 10 %ga oshganda talab qanchaga o`zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Shunday qilib narx yoki daromad singari omillar o`zgarishiga bozorning iqtisodiy agentlari (iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar) qanday munosabat bildirishlarini o`rganishda elastiklik tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Elastiklik - bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta′siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o`zgaruvchining bir foizga o`zgarishi natijasida boshqa bir o`zgaruvchining ma′lum foiz miqdoriga o`zgarishini ko`rsatadigan ko`rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog`liq talab elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o`zgarishi, unga talabni necha foizga o`zgartirishini ko`rsatadi.Tаlаb qоnunigа аsоsаn istе′mоlchilаr nаrх аrzоnlаshuvi tа′siridа ko`prоq tоvаr хаrid qilishgа mоyil bo`lаdilаr. Аmmо, istе′mоlchilаr tаlаbining nаrх o`zgаrishigа munоsаbаti tоvаrning хususiyatigа ko`rа turlichа bo`lishi mumkin. Аyrim tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishigа nisbаtаn istе′mоlchilаrning sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi vа nаrхdаgi оzginа o`zgаrishlаr tа′siridа tоvаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоri sеzilаrli dаrаjаdа o`zgаrаdi. Оdаtdа qimmаtbаhо buyumlаr nаrхigа nisbаtаn istе′mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi. Mаsаlаn, yеngil аvtоmоbillаr nаrхining оshishi ungа bo`lgаn tаlаbning sеzilаrli qisqаrishigа оlib kеlаdi. Bundаy tоvаrlаrgа bo`lgаn elаstik tаlаb dеyilаdi. Ikkinchi tur tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishi ulаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоrigа sеzilаrli tа′sir ko`rsаtmаydi. Ko`pinchа kundаlik ehtiyoj vа zаrurаt buyumlаri nаrхigа nisbаtаn istе′mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi 80 pаst bo`lаdi. Mаsаlаn, оziq-оvqаt, dоri-dаrmоn, gugurt kаbi tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishi ulаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоrigа sеzilаrli tа′sir ko`rsаtmаydi. Bundаy tоvаrlаrgа bo`lgаn tаlаb nоelаstik tаlаb dеb аtаlаdi. Elastiklik koeffitsienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikka ega bo`lgan talablarga ajratish mumkin. Agar talabning narx bo`yicha elastiklik koeffitsienti ED 1 bo`lsa, talab elastik deyiladi. Agar talabning narx bo`yicha elastiklik koeffitsienti ED 1 bo`lsa, talab noelastik deyiladi. Agar talabning narx bo`yicha elastiklik koeffitsienti ED 1 bo`lsa, talab birlik elastiklikka ega deyiladi.Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling