Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, ob’ektiv zarurligi va tasniflanishi


Download 70.64 Kb.
bet2/5
Sana04.11.2023
Hajmi70.64 Kb.
#1748456
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kamilova Iroda

Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, ob’ektiv zarurligi va tasniflanishi

  • Jahon amaliyotidan ma’lumki, EIZ turli maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi
  • Birinchidan, EIZ tashkil etishdan maqsad milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimoti jarayoniga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash hisoblanadi. Raqobatbardosh eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali valyuta tushumlarini ko’paytirishga erishiladi. Agar mamlakat qandaydir sabablarga ko’ra xorijiy tadbirkorlik kapitali uchun iqtisodiyotning erkinlashuvini ta’minlay olmasa, unda erkin iqtisodiy zona tashkil etish orqali xorijiy investorlarga qulay investitsiya muhitini yaratishi mumkin.
  • Ikkinchidan, EIZ birinchi navbatda import o’rnini qoplovchi mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish uchun tashkil etiladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun hududda xorijiy kapital yordamida import o’rnini qoplovchi ishlab chiqarish barpo etiladi.
  • Uchinchidan, EIZni maxsus tashkil etishda xalqaro mehnat taqsimotiga tovar ishlab chiqarish tarmoqlari bilan birgalikda turizm, madaniyat va sanatoriya-kurort sohalarining integratsiyalashuvi ham ko’zda tutiladi.
  • To’rtinchidan, EIZ ishlab chiqarishga xorijiy texnologiyalar va milliy ilmiy-texnik yangiliklarini tatbiq etish orqali butun milliy iqtisodiyotda undan foydalanishni nazarda tutadi.
  • Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash va o’qitishni nazarda tutadi.
  • Oltinchidan, maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil etish biror hudud yoki sohaning iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirishni ko’zda tutadi. Misol uchun AQSh va Buyuk Britaniyada maxsus iqtisodiy hududlar 20 asrning 80-yillarida iqtisodiy turg’unlik holatidagi hududlarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish uchun tashkil etilgan. 
  • Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) hisoblanadi. Bu dengiz porti yoki aeroportda joylashgan yoki unga yaqin chegaralangan hudud bo’lib, milliy bojxona hududidan tashqarida bo’ladi. Bu erda saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi. Erkin savdo zonalarida mahsulotlar namoyishi va keyinchalik sotilishi ham ko’zda tutiladi. Bunda mahsulot faqat ulgurji savdo shaklida sotiladi. Chakana savdo faqat dengiz va havo kemalari ekipaji va yo’lovchilariga sotiladi, boshqa hollarda esa ta’qiqlanadi. Bunday zonalar katta investitsiyalar talab qilmaydi va tezda xarajatni qoplaydi.

  • Download 70.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling