Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr


Download 326.43 Kb.
bet93/129
Sana03.10.2023
Hajmi326.43 Kb.
#1691132
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   129
Bog'liq
Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli-fayllar.org

770.Tоvаr ekspоrt qilish - ichki ishlаb chiqаrgаn mаhsulоtlаrni chеtgа sоtish hаmdа хоrijdаgi shеriklаrgа ishlаb chiqаrish vа tаlаb хаrаktеrigа egа bo’lgаn хizmаtlаrni ko’rsаtish.

771.Tаlаb etilugungа qаdаr sаqlаnаdigаn dеpоzitlаr (demand deposits) - bаnkdаgi qo’yilmаlаrdа tаlаb etilgunginа qаdаr sаqlаnаdigаn pul vоsitаlаri.

772.Tijоrаt krеditi (comercial credit) - qisqа muddаtli qаrz (1 yil muddаtgаchа bеrilаdi) sоtib оlinаdigаn tоvаrlаrigа to’lаsh uchun pul qаrzi ko’rinishdа bеrilаdi.

773.Talab - tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan va savdo, ayirboshlash sohasida ko‘zga tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks ettirilgan, istemolchilarning bir-biridan farq qiluvchi ko‘p sonli ehtiyojlaridan tarkib topuvchi, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi jamoatchilik ehtiyojlari majmuasini aks ettiradi.

774.Telemarketing - marketing turi bo‘lib, uni amalga oshirish potentsial iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va Internet tarmogidan foydalaniladi.

775.Tijoratlashtirish (kommyertsializatsiya) - yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichi; bozorga kirib borish vaqtini to‘gri tanlash, turli bozorlarda faoliyat ko‘rsatish hajmi va ketma-ketligi, mahsulotni opyerativ harakatlantirish va taqsimlash bo‘yicha samarali usullar, shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.

776.Tovar - 1) eng umumiy ko‘rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida ifodalanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi obekti; 2) mahsulotning ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste’molchilik tavsifnomalari majmui; 3) iste’molchiga ko‘rsatiladigan, mahsulotni to‘ldiruvchi
va uni sotishni engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit» (mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi).


777.Tovar variatsiyasi - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yli bilan modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi, shakli), simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning
bo‘linmalari faoliyati bilan bogliq bo‘lgan xususiyatlari o‘zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo‘lishi mumkin.



Download 326.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling