TADBIRKOR - iqtisodiy resurslarini bir-biriga qo'shilishini - TADBIRKOR - iqtisodiy resurslarini bir-biriga qo'shilishini
- ta'minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy
- va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo'rqmaydigan kishilar. Bunday
- xislatlar tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.
- TALAB - ma'lum vaqtda narxlarning ma'lum darajasida sotib olish
- mumkin bo'lgan tovarlar xizmatlar miqdoridir.Talab pul bilan
- ta'minlangan ehtiyojdir.
- TALAB QONUNI - mahsulot narxi bilan sotib olinayotgan tovar
- miqdori o'rtasida bo'ladigan teskari yoki qarama - qarshi bog'liqlikning
- mavjudligidir.
- TAKLIF - ishlab chiqaruvchilar ma'lum vaqt ichida ishlab
- chiqarishga qodir bo'lgan narxning har bir darajasida bozorga sotishga
- chiqaradigan mahsulotlar miqdoridir.
- TAKLIF QONUNI - narx bilan sotishga chiqarilayotgan tovarlar
- o'rtasidagi bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikdir.
- TAKLIF EGILUVCHANLIGI - narx o'zgarishiga nisbatan
- taklifning ortib borishi.
- TARIF SETKASI - ish toifalari nisbatiga qarab ish haqi to'lash.
- TARIF STAVKASI - tegishli ish toifasiga ega bo'lgan ishchining
- mehnatiga to'lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
- TENDER - biror bir ishni amalga oshirish uchun e'lon qilingan
- tanlov. Xaridor yoki buyurtmachi eng avvalo tanlov e'lon qilib, tanlov
- shartlari bilan tanishtiradi. Tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan
- firmalar, korxona va tashkilotlar o'z takliflarini - tenderlarni
- buyurtmachiga ko'rib chiqish uchun yuborishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |