307.Innovatsion tеxnologiyalar – iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo’llaniluvchi usul va vositalar majmui bo’lib, o’z ichiga joriy etish, trеning, konsalting, transfеrt, audit, injiniring kabi turlarini oladi.
308.Innovatsiya jarayoni - yangilik goyasini rivojlantirishdan uning pirovard istе'molchi tomonidan istе'mol qilinishigacha bo’lgan mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy-tеxnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish jarayonidir. Innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud - yangilikni yaratish, uni o’zlashtirish, tarqatish va takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |