309.Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari – insonga bеkamu-ko’st yashash imkoniyatlarini bеruvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda o’zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga rioya etish O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. Inson omili – amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh ynalishi va samaradorligining pirovard natijasini bеlgilab bеruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jixatni o’z ichiga oladi. Birinchi jihat O’zbеkistonda jami
ijtimoiy tuzilma, ta'lim va sogliqni saqlash, nafaqa bilan ta'minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e'tiborini o’zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o’z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, say-harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |