552.Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing xarajatlari belgilab qo‘yilgan holda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab chiqarishni tuxtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko‘rsatkichi; 2) marketing tizimi faoliyatining sifat ko‘rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’ektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o‘zaro aloqalari natijaviyligining kompleks ko‘rsatkichi.
553.Marketing faoliyati -1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning xosil bo‘lishi, tovarni etkazib berish, marketing razvedkasi, bengmarketing va h.k.) bilan bogliq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha bo‘ginlarida marketing vositalari va falsafasini qo‘llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qayerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har kandan faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |