Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning xalqaro tajribalari
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 219 Kb.
|
invest
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan katta iqtisodiy islohatlar olib borilmoqda. Bu islohatlami amalga oshirish, o’z navbatida, katta miqdorda moddiy, moliyaviy, intellektual investitsiyalar manbalarini izlash, shakllantirish va umuman, O’zbekiston uchun yangi va qulay bo’lgan investitsiyaviy faoliyatni yo’lga qo’yishni taqozo etadi. Davlatimiz hozirgi sharoitda ushbu jarayonni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda, xususan, investitsiya faoliyatini huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Hozirda rivojlangan investitsion faoliyatning yo'lga qo'yilishi hukumatimiz olib borayotgan oqilona investitsiya siyosatining natijalaridan biri ekanligini yurtbo shimiz ta‘kidlab o'tganidek, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo'nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish bilangina ro'yobga chiqadi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya‘ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo'q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni inve stit siyalarsiz tas avvur etib bo’lmaydi” deb ta‘kidlaganlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli Farmoniga muvofiq. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj lantirishning beshta ustuvor yo‘nali shi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”1 tasdiqlandi. Investitsiyalar - qayta ishlab chiqarishdan ortgan va endilikda uni kengaytirish, qo’shimcha daromod olishga yo’naltirilgan mablag’lar iqtisodiyotning hajm jihatdan o’sishini, ya’ni yangi korxonalarning qurilishi, asbob - uskunalar keltirilishi, yangi ish o’rinlarining yaratilishi ta’minlaydi. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomondan, investitsiyalar faqatgina iqtisodiyotdan tashqari so’gliqni saqlash, ta’lim, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi va atrof muhitni muhofazalash kabi muammolarning ham yechuvchisi sanaladi. Shunday ekan bu mas alani o’rganish, tahlil qilish dolzarb hisoblanadi. Download 219 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling