Iqtisodiyot”kafedrasi “Iqtisodiyot” fanidan 3 kurs 22-1 iqt talabasi Baxadirov Muslim Otchestvaning
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Download 308.31 Kb.
|
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARIMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini baholash usullari Ish bilan bandlik xizmati o‘zining asosiy mijozlari bilan ishini shunday tashkil qiladiki, bunda ish beruvchi mehnat bozorining holatiga qarab ishchi kuchi talabining kelajakdagi o‘zgarishi bo‘yicha oldindan o‘z strategiyasini ishlab chiqishi va oldinroq kadrlar tayyorlash masalasini hal qilishi zarur; ishsizlarda esa, kasbiy malakalarini o‘sishiga ichki talabni rivojlantirish va mehnat bozoridagi raqobat kurashiga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari zarurligini ifodalaydi. Biz ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun optimal usullardan foydalanishga harakat qilamiz. Bu bilan bog‘liqlikda biz oldimizga quyidagi masalalarni qo‘yamiz: Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun tadbiq etilayotgan usullarni tizimlashtirish; Hududiy ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashda ko‘rsatkichlar tizimi va usullarini tahlil etish; Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tatqiqotlar o‘tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish. Mehnat sohasida ish bilan bandlik xizmati har qanday davlat tashkiloti singari ierarxiyali (pog‘onali) tuzilmalarga ega, shuning uchun uning faoliyatini baholash turli darajalardagi boshqaruv organlari sifatida amalga oshiriladi: yuqori darajada – respublika miqyosida; o‘rta darajada – hudud (viloyat) miqyosida; quyi darajada – joylardagi mehnat organlari (tuman) miqyosida. Ko‘pchilik MDH davlatlarida yaqin vaqtlargacha, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari tomonidan hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining samarali yoki samarasiz ekanligi quyidagi ikkita ko‘rsatkich bilan baholangan: birinchisi – aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga yig‘ilgan sug‘urta ajratmalari va bu mablag‘larning ishsizlarga nafaqa to‘lovlari uchun etarliligi; ikkinchisi- ishsizlik darajasi, mehnat organlari ro‘yxatidan o‘tgan jami ishsizlar sonini jami iqtisodiy faol aholiga nisbati. Bu ko‘rsatkichlar va natijalar ish bilan bandlik xizmati faoliyatini samarali yoki samarasiz ekanligini baholash uchun etarli hisoblangan. Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tavsiyasiga muvofiq, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining samaradorligini hisoblash metodikasini qarab chiqamiz. Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy ish bilan bandlik xizmati organlarining faoliyatlarini takomillashtirish hamda mehnat bozori monitoringini mustahkamlash maqsadida, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza hilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi sonini mintaqalar bo‘yicha hisoblab chiqish va shu asosda mehnat resurslarining tegishli balansini ishlab chiqish tartibini belgilaydi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash uch qismga bo‘linadi. 1) Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasini baholash. 2) Ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi. 3) Ish beruvchilar bilan ishlash. Hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash bo‘yicha yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar ish bilan bandlik xizmati organlari rivojlanishining turli bosqichlarida kengayib bormoqda va maqsaddan kelib chiqqan holda hamda faoliyat yo‘nalishlaridan bog‘liq ravishda o‘zgarmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Samarqand viloyati ish bilan bandlik xizmati faoliyatining natijalarini respublikamizning boshqa hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlari bilan har tomonlama baholash bo‘yicha solishtirishning aniq mezoni ishlab chiqilmagan. SHu sababli, viloyatlar ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining natijalarini har tomonlama o‘zaro solishtirish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish kerak. Biz o‘ylaymizki, ishga joylashtirishga ko‘maklashish masalasi ish beruvchilar va ishsizlar o‘rtasida murosaviy munosabatlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Murosaga kelishni bunday baholash mezoni ish beruvchilar va ishsizlar talabini qondirish imkoniyatlari hisoblanadi. SHunday ekan, ish bilan bandlik xizmati ishining samaradorligini baholash uchun ish beruvchilar va ishsizlar talabini qondirilish darajasini aniqlash zarur. Biz mehnat bozori konyukturasi nuqtai nazaridan quyidagi ko‘rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning amaldagi kompleks ko‘rsatkichlar tizimiga qo‘shishni taklif etamiz: Mehnat bozori segmentidagi talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi (Dn). Д Б 100% ;(%) Download 308.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling