Iqtisodiyotni boshqarish keng m a’noda iqtisodiy obyektlarni, jarayonlam I, munosabatlarni boshqarishni ifoda etadi


“Temir xonimlar”: Siyosiy karyerasini oiladan ustun qo‘ygan mashhur ayollar


Download 26.43 Kb.
bet2/2
Sana26.06.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1656412
1   2
Bog'liq
Karyerani rivojlantirish 10 - Bobokulov M

7. “Temir xonimlar”: Siyosiy karyerasini oiladan ustun qo‘ygan mashhur ayollar


1979-yil 4-may kuni Margaret Tetcher Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallagan. Siyosatga sho‘ng‘ib ketgan Tetcher oilasini ikkinchi planga qo‘ygan.Tarixda yana qaysi ayollar kasbiy faoliyati sabab namunali uy bekasi bo‘lishdan voz kechganiga to‘xtalib o‘tamiz. Qat’iy va konservativ qarashlari tufayli “Temir ayol” deb atalgan Margaret bosh vazir lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘lgan. “Sovuq urush” davrida AQShga ergashgan, SSSRni tanqid qilgan, kasaba uyushmalariga qarshi kurashgan ayolning ismi Time jurnalining “XX asrning eng mashhur odamlari” ro‘yxatidan o‘rin olgan. U 1951-yilda harbiy Denis Tetcherga turmushga chiqqan va ikki nafar farzand (bir qiz, bir o‘g‘il) dunyoga keltirgan. Ammo uni shaxsiy hayotda siyosiy faoliyatidagichalik muvaffaqiyatga erishgan deb bo‘lmaydi.
Angela Merkel 2005-yildan boshlab Germaniyaning kansleri sifatida ishlab keladi va u bu lavozimni egallagan ilk ayol bo‘lgan. Dunyoning eng nufuzli kishilaridan biri deb e’tirof etiladigan Angela 1977-yilda Ulrix Merkelga turmushga chiqqan va 1982-yilda munosabatlariga nuqta qo‘ygan. 1998-yilda turmush qurgan Ioaxim Zauer bilan esa 20 yildan ko‘proq vaqtdan buyon birga yashaydi. Birinchi turmush o‘rtog‘idan esa faqatgina familiya qolgan, xolos. U farzandli bo‘lishni istagani, ammo o‘xshamagani, siyosat bilan shug‘ullanishni boshlaganida 35 yosh bo‘lgani va shunday keyin bu haqida o‘ylamaganini ta’kidlaydi.
AQShning davlat kotibi sifatida faoliyat boshlagan Kondoliza ushbu lavozimida faoliyat yuritgan ilk qora tanli ayol bo‘lgan. Bolaligida onasi uni musiqa bilan shug‘ullanishini istagani va fortepiano chalishni o‘rgatganiga qaramay, Rays ko‘proq siyosatga qiziqqan va televizordagi yangiliklarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rgan. Karyerasiga mukkasidan ketgan ayol shaxsiy hayotiga vaqt ajrata olmagan va turmushga chiqmagan. 2006-yil uning OAVda Kanadaning sobiq (2006—2007-yillardagi) tashqi ishlar vaziri Piter Makkey bilan uchrashib yurgani haqida tarqalgan mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmagan.
AQShning 67-davlat kotibi sifatida faoliyat yuritgan Hillari 2016-yilgi prezidentlik saylovida Trampga raqib bo‘lgan. Maktab yillaridayoq siyosatchi yoki fazogir bo‘lishni orzu qilgan Klinton xonim qachonlardir koinotga uchish umidida NASA’ga xat yozgan hatto. U politologiya bo‘yicha bakalavrni bitirgan va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Bill Klintonni uchratgan. Farzandli bo‘lganida ham sevimli ishi bilan shug‘ullanishdan to‘xtamagan va umr yo‘ldoshining faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan. Turli muammolarga duch kelganiga qaramay, juftlik hali hamon birga.


8. Shaxsning o‘z-o‘zini baholash metodlari. insonning bevosita o‘zi haqida ma’lumot berish texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, bundashaxs xislatlarini o‘rganish testlari, professional qobiliyat va intellektual salohiyatni aniqlash testlari qo‘llanadi. Ushbu testlardan foydalanishdagi asosiy to‘siq shaxsning o‘zi-o‘ziga subyektiv baho berishi asosida natijalarning biron qutbga yaqinlashuvidir. Ba’zida aynan shu kamchilikni qisman bo‘lsa ham neytrallashtirish maqsadida baholanyotgan shaxsni xuddi shu testlar orqali uni yaqin bilgan odamlar ham baholaydilar. Natijada, insonning o‘z –o‘zini qanchalik obyektiv baholay olish darajasi, o‘zini adekvat idrok eta olish qobiliyati ham aniqlanadi.
Rahbarning boshqaruv imkoniyatlarini baholash uslubiyotida shaxsning o‘z-o‘zini baholash metodikasidan keng foydalaniladi. Bu uslubning mohiyati shundaki, inson o‘zida shakllangan boshqaruvga oid ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarga xolisona baho berishi talab etiladi. Hozirgi kunga kelib, rahbar faoliyatini baholovchi deyarli har bir metodikani shaxsning o‘z – o‘zini baholash uslubi sifatida ishlatish mumkin. Bunday metodikalar turkumiga barcha psixodiagnostik metodlarni ham kiritish mumkin. Demak, rahbar shaxsinining o‘z-o‘zini o‘rganish uslublari qatoriga an’anaviy psixodiagnostik uslublar hamda rahbar shaxsi va faoliyatini o‘rganish uchun mo‘ljallangan maxsus metodikalar kiradi. Rahbarning o‘z-o‘zini baholash uslublariga oid ko‘rsatkichlar tahlilida quyidagilarga alohida e’tibor berish taklif etiladi:
- profescional shakllanishning boshlang‘ich bosqichida faqatgina samarali va samarasiz xulq shakllarini farqlashga e’tibor qaratilishi lozim hamda rahbar xulqi tahlilining tafsilotlariga berilmaslik kerak; - birinchi navbatda, boshqaruv faoliyati uchun muhim hisoblangan va tuzatishga muhtoj bo‘lmagan sifatlar baholanadi hamda rahbar egallagan mansabining boshlang‘ich bosqichida ahamiyatli bo‘lgan xislatlarga e’tibor qaratiladi.
Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, shaxsning o‘z-o‘zini baholash metodlari insondagi ayrim moyillik va qobiliyatlarni aniqlash, hamda faoliyat turi konkret xislat bilan bog‘liq bo‘lganda qo‘llanishi mumkin. Masalan, agar rahbarlik faol kommunikativlikni talab qilsa, buning uchun maxsus testdan foydalanish mumkin. Texnologiya nuqtai nazaridan testlardan foydalanish o‘ta qulay bo‘lsa-da, ularga tayanib xulosa chiqarish nafaqat baholanayotgan shaxs, balki psixologik tadqiqotning nufuziga ham putur yetkazishi mumkin.
9. 2021-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “Zamonaviy Oʻzbekistonda ayollar uchun imkoniyatlar” mavzusidagi tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD)Artel kompaniyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, IT Park va xalqaro ayollar hamjamiyati — Wonder Women hamkorligida tashkil etildi.
Xotin-qizlarni maʼrifatli qilish, dunyoqarashini kengaytirish va ular tanlash huquqiga ega ekani, yurtimizda xotin-qizlarning kamolotiga qaratilgan eʼtibor gʻoyasini yetkazish maqsad qilingan tadbirda maktab oʻquvchilari, universitet talabalari va ish qidirayotgan xotin-qizlar qatnashdi.
Darhaqiqat, bilimli, dunyoqarashi keng ayollar doim jamiyat taraqqiyotida muhim oʻrin egallagan. Shu bois mamlakatimizda gender tenglikka erishish borasida qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Masalan, 2019-yil 2-sentyabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada barcha uchun teng huquqli va sifatli taʼlimni taʼminlash, qishloq joylarida qizlarning oliy maʼlumotga ega boʻlishi, zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik, odam savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan. Umuman olganda soʻnggi yillarda ayollarning taʼlim olishi uchun keng imkoniyat yaratish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Bunday tarixiy jarayonda yirik kompaniyalar ham sohaga oʻz hissasini qoʻshishi, turli ijtimoiy loyihalar orqali xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashi zarur.
Artel kompaniyasi doim ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim olish va oʻzlari istagan kasb egasi boʻlishi tarafdori boʻlib kelmoqda. Shu bois kompaniyada faoliyat yuritayotgan ayollarga bir qadar imtiyozlarni joriy etib, ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor berib kelmoqda.
Kompaniyaning rahbar xodimlari “Zamonaviy Oʻzbekistonda ayollar uchun imkoniyatlar” tadbirida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, ushbu jihatlar haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, tadbirda qatnashgan barcha maʼruzachilar ayollarning taʼlim olishi, rahbar lavozimlarda faoliyat yuritishi kabi qator mavzularda fikr yuritdi. Ular yurtimizda ayollarga yaratilayotgan qulayliklar, ulardan samarali foydalanish, taʼlim va karyerasini yuksaltirishda mavjud imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi. Bundan tashqari, qizlar uchun taʼlim olishning ahamiyatiga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, davlat idoralari, xususiy tashkilotlar vakillari va loyiha taʼsischilari endigina katta hayotga qadam bosayotgan qizlarga maslahatlar berib, sinovlardan qoʻrqmay maqsad sari doim olgʻa intilish kerak ekanligini taʼkidlashdi.
Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling