Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari


Bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish zarurati


Download 75.89 Kb.
bet13/15
Sana18.06.2023
Hajmi75.89 Kb.
#1578356
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
DAVLAT TOMONIDAN IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNISHI

Bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish zarurati


Respublikamizda vujudga kelgan vaziyatga nazar solar ekanmiz, O`zbekiston qisqa davr ichida o`zining davlatchilik, siyosiy va iqtisodiy qurilishida mutlaqo yangi bosqichga o`tganligini, milliy iqtisodiyot taraqqiyotida real ijobiy o`zgarishlarga erishganligini ko`ramiz. Xususan, mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida tub o`zgarishlar sodir bo`ldi, ko`p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Yalpi ichki mahsulotning 70 foizdan, sanoat mahsulotining 65 foizdan ziyodroq qismi va qishloq xo`jalik mahsulotlarining 99 foizi nodavlat sektori ulushiga to`g`ri kelayotgani fikrimizning dalilidir.
Eng muhimi, o`tgan davr ichida mamlakatimizda bozor munosabatlariga o`tish va ularning samarali amal qilishini ta`minlash uchun zarur bo`lgan huquqiy- me`yoriy baza yaratildi. Qabul qilingan qonunlar iqtisodiy islohotlarni o`tkazishda muhim rol o`ynadi.
Bular MDHning barcha mamlakatlarini qamrab olgan iqtisodiy bo`hronlar davrida vaziyatni engillashtirishga xizmat qildi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ilk davrida (2001-2015 yillar) mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz bergan tanazzul MDHning boshqa davlatlaridagi singari og`ir kechmadi. Makroiqtsodiy barqarorlik 2015 yilda boshlandi va 2016 yildan boshlab iqtisodiy vaziyatning jonlanishi sodir bo`ldi. 2017 yildan boshlab O`zbekistonda iqtisodiy o`sish tendentsiyasi ko`zga tashlanadi. Bu haqda quyidagi keltirilgan jadval ma`lumotlari dalolat beradi.
1-jadval

Iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlari (oldingi yilga nisbatan % hisobida)






2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

YAIMning yillik o`sishi

-0,9

1,7

5,2

4,4

4,3

4,0

4,5

Sanoat ishlab chiqarishining

o`sishi


-


6,3


6,5


5,8


6,1


6,4


8,1


Qishloq xo`jaligi ishlab

chiqarishining o`sishi



-


-6,5


5,8


4,0


5,9


3,2


4,5


Ko`rinib turibdiki, 2013 yil O`zbekistonda barqaror rivojlanishning boshlanish yili hisoblanadi. Rekonstruktsiya va rivojlantirish Evropa bankining tadqiqotlari shu narsadan guvohlik beradiki, aynan shu yili MDH respublikalari ichida O`zbekiston 1999 yilga nisbatan YAIMning eng yuqori darajasiga erishgan (86-88%). Mazkur ko`rsatkich Belorusiyada 72-74 foiz, Rossiya 61-64 foiz,
Qozog`istonda 63-66, Turkmanistonda 55-57, Qirg`izistonda 68-70 foizni tashkil etgan bo`lsa, ayrim MDH mamlakatlarida hatto 50 foizdan ham kam bo`lgan.
Markazning xomashyo bazasi va tayyor mahsulotlar bozori rolini bajarib kelgan O`zbekistonda mustaqillikning qisqa davri ichida bunday muvaffaqiyatga erishilishi, avvalambor, davlatning oqilona iqtisodiy siyosati natijasidir. Bu siyosat o`zining mazmun va mohiyatiga ko`ra bozor munosabatlariga inqilobiy yo`l bilan (birdaniga) emas, balki evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich o`tishni nazarda tutadi. O`tgan davrga shu nuqtai nazardan baho beradigan bo`lsak, iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilayotgani va o`tish davrining asosiy qiyinchiliklari ortda qolganini ko`ramiz.
Shu bilan birgalikda, mamlakatimizda bozor munosabatlarining qaror topishi nihoyasiga etdi va ular to`laqonli tarzda amal qilmoqda, deb bo`lmaydi. Mamlakatimiz oldida turgan bir qator dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etish ko`p jihatdan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga bog`liq.
Xo`sh, bu muammolar nimadan iborat?
Birinchi navbatda iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni chuqurlashtirish va uning eksportga mo`ljallangan tarkibini shakllantirish zarur. 1991-2001 yillar davomida etishtirilayotgan paxta tolasini mamlakat ichida qayta ishlash 12 foizdan 24 foizga ko`paygan bo`lsa-da, uning asosiy qismi hanuzgacha qayta ishlovsiz qolmoqda. Bu iqtisodiyotni hamon xomashyo etkazib beruvchi yo`nalishda qolayotganidan dalolat beradi.
Yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishda energiya va materiallar sarflash miqdori hozirga qadar yuqori darajada, bu rivojlangan davlatlardagiga nisbatan 2.5-3,0 marta ortiqdir. Asosiy fondlarni o`rtacha eskirish darajasi 40-50 foizga teng. Ko`pgina korxonalarda yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishga e`tibor etarli emas.
Iqtisodiyotga jalb etilayotgan yirik investitsiyalarning, shu jumladan, xorijiy investsiyalarning samaradorligi ayrim hollarda past. Chet el investitsiyalarini jalb etishni rag`batlantirish tizimini yanada takomillashtirish talab qilinadi. Shu maqsadda huquqiy-me`yoriy bazani takomillashtirish, iqtisodiyotning shu sohaga
mas`ul davlat tizimlari javobgarligini oshirish, xo`jalik sub`ektlarini moliyaviy- kredit ta`minoti, jumladan, mikrokreditlar bilan ta`minlashni kuchaytirish zarur.
Eksport qilishga mo`ljallangan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash, qayta ishlovchi sanoat ulushini ko`paytirish, iste`mol mollari ishlab chiqarishni kengaytirish kabi muhim vazifalarni hal etish ko`p jihatdan bozor munosabatlari tizimining mukammallik darajasiga bog`liq.
Qishloq xo`jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlardan kutilgan natijalarga hali to`la-to`kis erishilgani yo`q. Zarar ko`rib ishlayotgan va kam samarali qishloq xo`jalik korxonalarini fermer xo`jaliklariga aylantirish o`zining ijobiy natijalarini ko`rsatdi. Biroq fermerlik faoliyatini rivojlantirish va rag`batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, bu boradagi mavjud to`siqlarga barham berish o`ta dolzarb vazifaga aylanib qoldi.
Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishda aniq dastur tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning tashkiliy, huquqiy, mexanizmlarini yaratish lozim.
Bu tadbirlar qatoriga paxta va g`alla etishtirish bo`yicha davlat buyurtmasini aniq shartnomalar asosida belgilash, qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini kamaytirish, tabiiy monopoliyalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish, marketing va baholar kon`yukturasini o`rganishni tashkil qilish, kredit va moliya tizimlarini takomillashtirish masalalarini hal qilishni kiritish mumkin.
Davlat qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirishda, tovar ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash va yordam berishda muhim rol o`ynashi kerak. Ayniqsa, investitsiya siyosatini amalga oshirishda, soliq va kredit imtiyozlarini qo`llashda, suv inshootlarini samarali ishlatishda, sanatsiya jarayonlarini amalga oshirishda o`zining aniq rejalarini amalga oshirishi lozim.

  1. Download 75.89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling