Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari


Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va


Download 75.89 Kb.
bet14/15
Sana18.06.2023
Hajmi75.89 Kb.
#1578356
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
DAVLAT TOMONIDAN IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNISHI

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va


rag`batlantirish.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish mulkdorlar sinfini shakllantirish hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy yo`llaridan biri hisoblanadi. Har qanday yuksak taraqqiy etgan jamiyat o`z tadbirkorini himoya qiladi va qonuniy raqobatni ta`minlaydi.
Tadbirkorlikning muhim ahamiyati uning mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda tutgan o`rni bilan belgilanadi.
Davlat va tadbirkorlik maqsadlarining uyg`unligi (umumiyligi) quyidagi yo`nalishlarning birligida namoyon bo`ladi:

    1. Davlat uchun vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirish, tadbirkorlik uchun esa daromad (foyda) olish imkoniyatini yaratuvchi jamiyatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash;

    2. Aholining tovar (xizmat)ga bo`lgan ehtiyojini imkon qadar to`laroq qondirish. Bunda tadbirkor o`z tovarlarini sotish (realizatsiya qilish) orqali daromad (foyda) olsa, davlat ishlab-chiqarishini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, soliq undirish orqali milliy iqtisodiyotni taraqqiyotiga erishadi;

    3. Raqobatbardosh tovar (xizmat)larni ko`paytirish, ularni eksport qilish, jahon bozoridan munosib joy olish. Bunda tadbirkor yangi sotuv bozorlaridan joy olsa, davlatning xalqaro maydonda nufuzi oshadi.

Demak, davlat va tadbirkorlik bir-biriga muhtoj va bir-birini qo`llab- quvvatlashi bozori iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishning muhim omilidir.
AQSH tajribasi shuni ko`rsatadiki, tadbirkorlikni rivojlantirishni mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining umumiy yo`nalishlaridan ajratib bo`lmaydi. Shuning uchun tadbirkorlarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga doir asosiy yo`nalishlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy rivojlanish dasturlari doirasida o`z faoliyatlarini belgilashlari hamda yuritishlari maqsadga muvofiq bo`ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash, avvalambor, uning mustahkam va jamiyat bilan chamcharchas bog`lab turuvchi huquqiy tizimini yaratishdan iborat. Bunda huquqiy tizimning, qonunlarning respublikamiz iqtisodiyotining bozor sharoitiga mos keladigan va siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-ahloqiy talablariga javob beradigan huquqiy asosining shakllanishini ta`minlash muhim ahamiyatga ega.
Davlat iste`molchilarining huquqi ustunligini inobatga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini kafolatlaydi. Barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar uchun tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradi. Aytish lozimki, xo`jalik yurituvchi subyekt sifatida tadbirkorlarning huquqiy maqomini belgilashda va ular o`rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solishda O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi alohida o`rin tutadi.
Tadbirkorlikning huquqiy tizimini mukammallashtirish maqsadida 2000 yil
25 mayda O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga xizmat qildi, unda davlatning tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan xohish-irodasi yana bir karra o`zining amaliy ifodasini topdi. Qonunda umumiy qoidalar, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari belgilangan bo`lib, tadbirkorlarning qator huquqlari har tomonlama kafolatlandi. Tadbirkorlik faoliyati, tadbirkorlik subyektlarining o`z mahsuloti (ish xizmati) va daromadlarini tasarruf qilish, tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyat, ularning mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish, kredit resurslaridan erkin foydalanish, axborot olish, tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik, ular erkinliklarining kafolatlari shular jumlasidandir.
Ko`rinib turibdiki, yuqorida qayd etilgan Qonunlarda tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash elementlari bir butunlikda yaqqol aks ettirilgan bo`lib, ularning mazmuni quyidagicha:

  1. davlat tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari va huquqlarining amalga oshishini kafolatlaydi;

  2. tadbirkor xo`jalik faoliyatini amalga oshirishda qonunga zid bo`lmagan barcha turdagi xatti-harakatlarni qilishga haqli;

v) tadbirkorning xo`jalik va boshqa faoliyatiga davlat, jamoat yoki boshqa organlarning noqonuniy aralashuviga yo`l qo`yilmaydi;
g) davlat vakolatli organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlar va ular faoliyatiga aloqador masalalar yuzasidan faqat qonun asosidagina qaror qabul qilishlari lozim va o`z xatti-harakatlari uchun qonun oldida javobgardirlar. Muhimi, davlat organlari va mansabdor shaxslar tadbirkorlarga qonunda belgilangan vakolatlari doirasidagina ko`rsatma (farmoyish) berishlari mumkin. Agarda davlat yoki boshqa vakolatli organ tomonidan qonunchilik talablariga zid bo`lgan akt qabul qilinsa, tadbirkor bunday aktni haqiqiy emas deb topish haqida sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega;
d) davlat tadbirkorlarni mulk shakllaridan qat`i-nazar xo`jalik yuritishning bir hil huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari bilan ta`minlaydi;
ye) davlat bozorni rivojlantirishga imkon yaratadi, yakkahokimlikka qarshi kurashadi, iste`molchilarni ijtimoiy himoya qiladi;
j) davlat yangi texnologiya joriy etish, tovar, (ish, xizmat) sifatini yaxshilash va miqdorini ko`paytirish orqali ishlab-chiqarishni rivojlantirgan tadbirkorlarga imtiyozli sharoitlar yaratadi;
z) davlat va boshqaruv organlari tadbirkor bilan uzaro munosabatlarini bilvosita iqtisodiy vositalar va uslublar asosida shakllantiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan va amalda bo`lgan qonun hujjatlari normalarini tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarning vujudga kelish doirasi hamda tartibga solish yo`nalishiga ko`ra, shartli ravishda to`rt guruhga ajratish mumkin:

  • tadbirkorlik faoliyati subyektlarning ichki munosabatlarini belgilovchi normalar;

  • tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat va boshqaruv organlari bilan munosabatlarini tartibga soluvchi normalar;

  • tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqa tashkilotlar, xususan bank, sug`urta tashkilotlari, jamg`armalar bilan munosabatlarini tartibga soluvchi normalar;

  • tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o`zaro munosabatlarini belgilovchi normalar.

Qonunda tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash nazarda tutilgan bo`lib, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilangan vakolatlari doirasida qator ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Masalan, davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining rivojlantirilishini ta`minlaydi (Qonunning 47-moddasi).
Bundan tashqari, Qonunda tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan rag`batlantirish yo`llari, xususan, investitsiyalarni, zamonaviy texnologiya va uskunalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratish, soliqlar, yig`imlar va tariflar bo`yicha imtiyozlar belgilash va boshqalar nazarda tutilgan. Ayniqsa, kichik va xususiy tadbirkorlikning qonuniy asosini mustahkamlash va uni qo`llab- quvvatlashga alohida e`tibor qaratilgan. Masalan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya ta`minoti manbai iste`molidagi imtiyozlar, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasi bo`yicha imtiyozlar berish ko`zda tutilgan.
Kichik va xususiy tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash fondlari:

  • kreditlar berish asosida tadbirkorlarni moliyaviy ta`minlash;

  • ustav sarmoyasida ishtirok etish;

  • maslahat va axborot xizmatlari ko`rsatish shaklida texnik jihatdan ko`maklashish;

  • infratuzilmani rivojlantirishga ko`maklashish;

  • kreditorlar uchun kafolatlar va kafilliklar berish yo`li hamda qo`llab- quvvatlashning boshqa shakllari bilan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rag`batlantirish maqsadida tashkil qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda davlat quyidagi uslublardan foydalanadi:

  1. tadbirkorlik faoliyati asoslarini normativ tartibga solish (faoliyat turlari, yo`nalishi, mazmuni va hokazo);

  2. tadbirkorlik subyektlari maqomini va ular amalga oshirayotgan faoliyat turlarini tasdiqlash, rasmiy tan olish (ro`yxatga olish, litsenziya berish va hokazo);

v) tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyati tartibini aniqlash;
g) tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va sifatiga me`yoriy talablar belgilash;
d) tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlashni tashkil qilish; ye) qonunga rioya qilishni nazorat ostiga olish;
j) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda belgilangan me`yorlardan og`ishmaslikni ta`minlash maqsadida taqiq va sanksiyalar kiritish.
Bu uslublar iqtisodiy vaziyatga moslanuvchan va mohiyatan o`zgaruvchan xususiyatga ega bo`lib, ularni shartli ravishda uch turga ajratish mumkin: nisbatan barqaror (masalan, tadbirkorlarni ro`yxatga olish); birmuncha o`zgaruvchan (masalan, soliqlar, litsenziyalar turlari) va tez o`zgaruvchan. Jamiyat iqtisodiy negizini saqlashga xizmat qiluvchi bank, birja, axborot markazlari, sug`urta kompaniyalari kabi shakllangan bozorga taalluqli tuzilmalar faoliyatini ta`minlash, tadbirkorlarning xo`jalik yuritishdagi tashabbusi va mustaqilligini rag`batlantirish bu uslublarning muhim xususiyati hisoblanadi.
Demak, davlat tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishni qonun aktlarida davlat organlarining ushbu faoliyatni nazorat qilish huquqini mustahkamlash orqali amalga oshiradi.


XULOSA


Bozor munosabatlarining samarali amal qilishida raqobat muhitining ahamiyati, ayniqsa, katta. Raqobat yo`q joyda iqtisodiy o`sish ham bo`lmaydi. Shu munosabat bilan monopoliyalarga qarshi kurashning aniq va ta`sirchan chora- tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish talab qilinadi.
Ishlab chiqarishga va tadbirkorlikka xizmat qiladigan keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni nihoyasiga etkazish bozor munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. Ayniqsa, moliya va bank tuzilmalari, ulgurji bozorlar, investitsiya fondlari, lizing va konsalting kompaniyalari, sug`urta tashkilotlari ishining ham samaradorligini oshirish talab qilinmoqda.
Moliya va bank tizimini yanada erkinlashtirishga qaratilgan aniq chora- tadbirlar ishlab chiqilgan bo`lishiga qaramay, mazkur tizimning samaradorligi hanuzgacha talab darajasida emas. Bu sohadagi asosiy muammolardan biri bank tizimi samaradorligini oshirish uchun xususiy banklar tarmog`ini kengaytirish va banklararo raqobatni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda qo`shma banklar tashkil qilish ham bu yo`nalishdagi muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish, uning tizimini qayta ko`rib chiqish, ma`muriy cheklash metodlaridan iqtisodiy boshqarish usullariga o`tishni tezlashtirish zarur. Faqat shu yo`l bilan respublika Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi va uning imkoniyatlari va afzalliklaridan bahramand bo`lishi mumkin.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishning eng muhim yo`nalishi, bu - iqtisodiyotni erkinlashtirishdir. Shu munosabat bilan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning samarali faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy erkinlik va mustaqillikni yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati uchun qulay huquqiy va iqtisodiy muhit yaratish, bu faoliyatni tartibga solishda faqat bozor mexanizmidan foydalanish bozor iqtisodiyoti tizimining tamoyili
hisoblanadi. Korxona va firmalar xo`jalik faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash, xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Davlatning joylardagi hokimiyat va nazorat organlari xususiy biznesni rivojlantirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib berishlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatiga behuda aralashmasliklari darkor.
Iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini bozor munosabatlariga to`la-to`kis javob berishini ta`minlash, ishlab chiqarishni boshqarishning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Qonunning ustuvorlik tamoyili iqtisodiy soha va tadbirkorlikning boshqaruvi ahamiyatining oshishida o`z aksini topadi. Iqtisodiyot boshqaruvi sohasida qabul qilingan me`yoriy-huquqiy hujjatlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga, uni rivojlantirishga qaratiladi. Shunga qaramay, huquqiy aktlarda direktiv qoidalar to`plami tadbirkorlik faoliyatining turli aspektlariga o`z munosabatini saqlab qoladi. Tadbirkorlarning ro`yxatdan o`tish majburiyati, alohida faoliyat turi bilan shug`ullanish uchun litsenziya olish, mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiyalash talab qilinadigan hollarda sertifikatga ega bo`lish va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tabiiy hol, albatta. Lekin, shu bilan birga xo`jalik yuritishning bozor sharoitida turli hil vositalar va uslublarni qo`llash yordamida asta-sekin tadbirkorlik faoliyatini bilvosita tartibga solishga o`tiladi. Bunday vositalar va uslublar jumlasiga imtiyozli qarzlar berish, dotatsiya va yordam puli taqdim etish, imtiyozli soliq joriy etish va boshqalar kiradi.

Download 75.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling