Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari
Download 82.5 Kb.
|
Urinov O. sug\'urtaiqt.davlat.tom. mustaqil ish
3. Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari.
Xususiylashtirish va mulkdorlar safini kengaytirish, islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishidagi qilinishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilangan: davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish; aktsiyalashtirish amaliy natija bermagan korxona va obʼektlarni xususiy mulkdorlarga berish; yangi mulkdorlarning korxonalar samarali faoliyatini taʼminlash, investitsiya majburiyatlarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha huquqiy va iqtisodiy javobgarligini oshirishni ko‘zda tutgan holda amaldagi qonunchilikning meʼyorlarini qayta ko‘rib chiqish va kuchaytirish; xususiylashtirish jarayoniga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan ishonchli va masʼuliyatli investorlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish. 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi hamda “Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoyalash to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur hujjatlar qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish va aktsiyadorlarning korxonalarni boshqarishdagi faolligini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ularning ko‘rsatilajak xizmatlar sifatiga masʼuliyatini oshirish, yangi mulkdorlarning korxonalarni samarali faoliyat yuritishi uchun masʼulligini oshirishning huquqiy asosini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mamlakatda tadbirkorlik subʼektlarini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ham sezilarli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, ixtiyoriy tugatish ishlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Аyrim qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima sanktsiyalari pasaytirildi yoki umuman bekor qilindi. Soliq stavkalari ham unifikatsiya qilinib, tobora pasaytirib borilmoqda. Xususan, kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovi 13% dan 6%(sanoat korxonalari uchun5%ga tushirildi. Tadbirkorlarni yuqori likvidli moddiy resurslar bilan taʼminlashning bozor mexanizmlari yaratildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni bilan bir vaqtda bozor infratuzilmalari shakllandi va ular rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Bu fond, tovar hamda ko‘chmas mulk bozorlari, investitsion fondlar, auditorlik, konsalting va shu kabi boshqa tuzilmalarni tashkil topishi va rivojlanishi bilan namoyon bo‘ldi. Erishilgan ijobiy natijalarga qaramasdan respublikamizning ayrim hududlarida xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ishlariga eʼtibor sustligicha qolmoqda. Vaholanki, mulkdan samarali foydalanish va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish dotatsiyadan chiqish hamda byudjetning daromad qismini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda davlat mulkini xususiylashtirish va undan samarali foydalanish borasida 2011-2013 yillarga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturi, Prezident qarori va Davlat mulki obʼektlarini samarali boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ishlab chiqishga asosiy eʼtibor qaratilgan bo‘lib, dasturlarning o‘ziga xos xususiyati korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishga ustuvor ahamiyat qaratilganligidir. Investorlarning takliflari xususiylashtirilayotgan obʼektning xarid qiymati miqdoridan emas, balki investorning investitsiya dasturi mazmuni, uning ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonani modernizatsiya qilish hamda samarali boshqaruvni joriy qilinishiga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib baholanadi. Davlat aktivlari ahamiyati va xususiylashtirish usullaridan kelib chiqib, guruhlarga ajratilgan holda quyidagi tartibda sotiladi: 1-guruh. Butunligicha sotiladigan davlat korxonalari (obʼektlari) va ochiq birja savdolarida to‘liq xususiy mulkka sotiladigan davlatga tegishli aktsiyalar paketi va davlat ulushlari. Ushbu guruhga kirgan korxona (obʼektlarni) xususiylashtirish mexanizmi juda sodda, yaʼni obʼektlar yoki aktsiyalar paketlarini birja orqali sotish. Bunda obʼekt yoki aktsiyalar paketi savdo maydonchasiga qo‘yiladi, reklama ishlari amalga oshiriladi, ularni sotishga ko‘maklashuvchi tegishli institutlar ishtirok etadi. Xaridorlarda talab bo‘lmagan taqdirda dastlabki sotish narxlarini qadam-baqadam pasaytirish mexanizmi qo‘llanadi. 2-guruh. Sarmoyadorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi evaziga nolь qiymatda tanlov savdolariga qo‘yiladigan korxona va obʼektlar. Ushbu guruh obʼektlari hududlarda tanlovlar eʼlon qilish yo‘li bilan sotiladi. Har bir hududda ushbu hudud maʼmuriyatining rahbari boshchiligida tanlov komissiyalari tuzilgan. Sarmoyadorlarga nolь xarid qiymati bo‘yicha sotilgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlovchi, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar, shu jumladan, ular bo‘yicha hisoblab yozilgan penyalar va jarimalar bo‘yicha o‘tgan yillardagi ishonchsiz qarzlari hukumat tomonidan hisobdan chiqarib tashlanadi. 3-guruh. Davlatga tegishli bo‘lgan aktsiyalar paketi xalqaro tenderlarni tashkil etish asosida sotiladigan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar. Yirik strategik korxonalar ochiq tenderlarni tashkil etish yo‘li bilan sotiladi, bu yerda yakka tartibda xususiylashtirish jarayoni qo‘llaniladi. Bunday tenderlarda ishtirok etish uchun xususiylashtirilayotgan korxonaga investitsiyalar kiritish va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha biznes-rejalarini taqdim etgan sarmoyadorlarga ruxsat etiladi. Davlatga tegishli bo‘lgan aktsiyalar paketi bunday tenderlarda sotiladigan korxonalar Davlat investitsiya dasturiga kiritilishi mumkin, bu ushbu korxonani 7 yilga daromad va foyda solig‘idan ozod etish imkonini beradi. Bundan tashqari, aktsiyalarning nazorat qilish huquqini bermaydigan paketini xarid qilgan, lekin korxonaga katta miqdorda mablag‘ kiritgan sarmoyador Davlat mulki qo‘mitasi bilan boshqaruv nazoratini qo‘lga kiritish to‘g‘risida shartnoma tuzishi mumkin. Xulosa Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o‘zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir. Mulkiy munosabatlarni takomillashtirish quyidagi usullarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: Tub uzgarish uchun real shart-sharoit yaratish- mulkni xakikiy mulkdorlar kuliga berish; Kup ukladli iqtisodiyot hamda raqobat muxitini yaratish. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling