Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
Download 82.5 Kb.
|
Urinov O. sug\'urtaiqt.davlat.tom. mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH Bajardi: IX 51-2 guruh talabasi O.Urinov Tekshirdi: X.Axmedov TOSHKENT-2022 Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH” FANIDAN Mavzu: “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning hozirgi bosqichining xususiyatlari” MUSTAQIL ISH Bajardi: IX 51-2 guruh talabasi O.Urinov Tekshirdi: X.Axmedov TOSHKENT-2022 Reja: Kirish O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning hozirgi bosqichiga xos xususiyatlar va tamoyillar. 3. Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Kirish Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va mahnaviy nehmatlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda, jamiyat ahzolarining ehtiyojlarini oqilona qondirish darajasini oshirish vazifalarini hal etishda mulkiy islohotlar siyosatini takomillashtirish zaruriyati ortmoqda. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag‘batlantirish mo‘ljallanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevral kuni 4947-sonli “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi. Uning uchinchi yunalishi “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo‘lib, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish” ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilgani bejiz emas1. Davlat tasarrufidan chiqarishning yangi bosqichi iqtisodiyotimizda makroiqtisodiy ko‘rsatkichning yaxshilanishiga, mamlakatda eks’ort salohiyatini oshirishga, im’ortni esa keskin kamaytirishga, mamlakatga pul oqimini ko‘paytirishga, pulning qadrsizlanishi kamayishiga, aholi turmush darajasi yaxshilanishiga, mamlakatga bevosita xorij investitsiyalarining kirib kelishini, qulay investitsiya muhitini yaratilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling