Farg’ona davlat universiteti Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi


Download 246.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.06.2020
Hajmi246.83 Kb.
#115834
Bog'liq
De Gollchilar Fransiyasining tashqi siyosati


 

 

 

 

Farg’ona davlat 

universiteti 

Tarix fakulteti 

Tarix yo’nalishi 

16.35 guruh talabasi 

Yuldashmatov 

Tursunalining  

Jahon tarixi fanidan 

tayyorlagan 

 

 

MUSTAQIL ISHI 

 

 

 

Farg’ona-2020 

Mavzu: Sharl de Goll davrida Fransiya 

tashqi siyosati 

 

 

Reja: 

 

1.Fransiyaning siyosiy ahvoli 

 

2.Sharl de Gollning hokimiyati 

 

3.Sharl de Goll davrida Fransiya tashqi 

siyosati 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

De Goll atlantik birdamlik g‘oyasidan voz kechdi va dunyoni ikkita 

markazga bo‘lib boshqarish tizimiga qat’iy tarzda qarshi chiqdi. 

Fransiya G‘arb va Sharq o‘rtasidagi muzokaralarda tayanch bo‘la 

oladigan mamlakat sifatida o‘zini namoyon qiloldi. Bu Fransiya - sobiq 

SSSR munosabatlarining yaxshilanishiga olib keldi. 1958-1959 yillarda 

hukumatlararo munosabatlar yangidan faollashdi va ikki davlat 

o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada kengaydi. 1960 yilda 

N.Xrushevning Fransiyaga qilgan tashrifidan so‘ng, bu davlatlar 

o‘rtasidagi munosabatlarda keskin burilish yuzaga keldi. 

1966 yilda de Gollning SSSRga 

uyushtirgan rasmiy tashrifi

Fransiyaning NATO harbiy strukturasidan chiqish vaqti bilan to‘g‘ri 



kelishi katta siyosiy shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. 1959 yilda tashkil 

etilgan “Fransiya-Sharqiy Yevropa” qo‘mitasi boshchiligida Fransiya va 

Sharqiy Yevropa sotsialistik mamlakatlari o‘rtasidagi birinchilardan 

bo‘lib, GDRning mavjudligini tan oldi. De Goll kommunistik rejim 

bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularda demokratiyalashtirishni amalga 

oshirish uchun eng samaradorli usul deb hisobladi. 

60-yillarda Fransiyaning AQSH bilan munosabatlari ko‘zga ko‘rinarli 

darajada keskinlashdi. De Goll Fransiyaning milliy xavfsizligi sohasida 

to‘la mustaqillikka erishishini ta’minlash uchun qilayotgan sa’y-

harakatlari eng muhim masalalardan hisoblanar edi. Dastlabki vaqtda de 

Goll NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan qarama-qarshiliklarga berishni 

istamagan edi. Fransuz diplomatiyasining NATO tarkibida “triumvirat” - 

AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning yetakchilik 

guruhini tashkil etish g‘oyasiga qiziqishi namoyon bo‘ldi. Parij 

amerikaliklardan NATO dagi yadroviy kuchlariga yagona nazorat 

o‘rnatish fikrlaridan voz kechishni talab qildi. 60-yillar boshlarida Karib 

va Berlin inqirozlari tufayli xalqaro vaziyatning keskinlashishi, siyosiy 

tashabbuslarning muvaffaqiyatsizliklarga uchrashi de Gollga mustaqil 

milliy xavfsizlikni tashkil etishni kuchaytirishga majbur qildi. 1962 

yilda yadroviy qurollar tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan 

anglo-fransuz va anglo-amerika muzokaralari chegaraviy ahamiyatga 

ega bo‘ldi. Buyuk Britaniya fransiyaliklarning birgalikda milliy 

yadroviy kuchlarni tuzish haqidagi loyihani rad etdi va aksincha, NATO 

tarkibida “ko‘p tomonlama yadroviy kuchlarni tuzish masalasi bo‘yicha 

amerikaliklarning loyihasini qo‘llab quvvatladi. ” 


1963 yilda Fransiya “atlantik birdamlik” yo‘nalishidan batamom voz 

kechdi va mustaqil “yadroviy kuchni” tuzish uchun harakat qila 

boshladi. Suvosti atom kemalari va 3 ming km radiusgacha harakat qila 

oladigan “yer-yer” tipidagi yadroviy raketalarni olib ucha oladigan 

“Mirast-1U-2” samolyotlarini qurish ishlari boshlanib ketdi. 1964 yil 

iyulda bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida de Goll Fransiyaning 

yadroviy mamlakatga aylanayotganligi haqida tantanali bayonot berdi. 

Keyingi yildan Fransiya AQSH nazorati ostida bo‘lgan harbiy siyosiy 

tizimlardan asta-sekinlik bilan chiqib keta boshladi. 1965 yilda Fransiya 

SEATO Kengashi yig‘ilishlarida qatnashishni to‘xtatdi. Bu esa o‘z 

navbatida Fransiyaning SEATOdan chiqqanligini anglatar edi. 1966 yil 

martida fransuz hukumati NATOning harbiy tashkilotidan chiqishi 

to‘g‘risida bayonot berdi. Bu qaror xalqaro vaziyatning o‘zgarganligi 

G‘arb uchun real xavf xatarning yo‘qligi, milliy yadroviy kuchlarning 

ko‘p millatli qurolli kuchlar bilan yaxlit holga keltirishning imkoniyati 

yo‘qligi kabi dalillar bilan asoslandi. NATO rahbariyatiga qisqa 

muddatlarda Fransiya hududlarida joylashtirilgan 40 minglik AQSH va 

Kanada harbiylarini Yevropaning boshqa mamlakatlari hududlariga 

joylashtirishni taklif qildi. Fransiya hududida NATOning 

infrastrukturasi uchun amerikaliklar so‘ragan 2,5 mlyard doll 

konsepsiyasini to‘lashdan bosh tortdi. Bu infrastruktura o‘z ichiga 46 ta 

aerodrom, 100 lab km neft quvurlari, telegraf va radioaloqa tizimini, 

shuningdek dengizdoklari va omborxonalarini ham kiritgan edi. 

1967 yilda Fransiya qurolli kuchlari Bosh shtabining boshlig‘i general 

Sh.Ayyere tomonidan mamlakatning yangi harbiy doktrinasi ishlab 

chiqildi. Unga ko‘ra yadroviy kuchlar milliy xavfsizlikning tayanchi 

hisoblandi. Bu qurolni urush boshlash uchun emas, balki uni to‘xtatish 

uchun ishlatish ko‘zda tutildi. Bu doktrina “barcha azimutlar bo‘yicha 

mudofaa” degan nomni oldi, chunki dushman sifatida endi faqatgina 

sovet bloki ko‘zda tutilmayotgan edi. Suveren Fransiyadan tashqari

“uchinchi kuch”ga birlashgan Yevropa kiritilar edi. 60-yillarda Fransiya 

qat’iy ravishda integratsion jarayondagi yetakchi mavqeini qaytarib oldi. 

De Goll YEIHning millatlarini boshqaruvchi tashkilotga aylanishiga 

qarshi chiqdi va “Yevropa yagona-Vatan ” shiorini ilgari surib, mustaqil 

davlatlar hamdo‘stligini tuzishni yoqladi, “Yevropa” tushunchasiga 

Atlantikadan Uralgacha bo‘lgan hududni kiritishni taklif etdi. “ Yevropa 

yagona-Vatan ” konsepsiyasini taraqqiy ettirish davomida fransuz 

diplomatiyasi 1960 yilda “Fushe plani” loyihasini ilgari surdi. Unga 



ko‘ra, Yevropadagi “oltilik” davlatlar NATOga bo‘ysunmagan holda 

Yevropaning xavfsizlik tizimini ishlab chiqishi, tashqi siyosatni 

koordinatsiya qilishi, iqtisodiy jihatdan rivojlanish strategiyasini 

birgalikda ishlab chiqish orqali integratsion jarayonlarni chuqurlashtirish 

ko‘zda tutilgan edi. “Fushe plani ”ga ko‘ra, kelgusida Yevropa 

davlatlarining Ittifoqini tuzish istiqboli bor edi. Bu ittifoqning a’zolari 

o‘z mustaqilliklarini saqlagani holda, jahon sahnasida yagona kuch 

sifatida namoyon bo‘lishlari lozim edi. Ammo, Fransiyaning YEH 

ligidagi sheriklari NATOga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bu 

loyihani rad etdilar. 

“Fushe rejasi” barbod bo‘lgach, de Goll Yevropadagi tizimini davlatlar 

ustidan nazoratining kuchayishiga qarshi kurashdi. 1965 yilda de Goll 

Yevropa komissiyasining raisi V.Xolshteyning Yehning vakolatlarini 

oshirishi haqidagi rejasini qattiq qoralab chiqdi. 

Yevropa hamdo‘stligidagi sheriklari ichida de Goll GFR kansleri 

K.Adenauerning tutgan pozitsiyasini yuqori baholar edi. Fransiya 

diplomatiyasi tomonidan “Parij-Bonn” o‘qi dunyo siyosatida, ayniqsa, 

yayevropada eng asosiy kuch sifatida qoralar edi. 1963 yilda fransuz-

nemislar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi 

ikkala davlatning yaqinlashishi natijasi bo‘ldi. Ammo, GFRda kansler 

lavozimiga L.Erxardning kelishi va tashqi siyosatda atlantik 

yo‘nalishning kuchayishi oqibatida har ikkala davlat o‘rtasidagi aloqalar 

zaiflashib ketdi. 

De Gollning hokimiyat tepasiga kelishida yuzaga kelgan vaziyatga 

qaramasdan, uning tashqi siyosatida mustamlakachilik masalasi birinchi 

o‘rinda turmas edi. Mustamlakachi imperiyasidagi boshqaruv 

yo‘llarining o‘zgarishi masalasi, mamlakat uchun katta ahamiyatga ega 

edi. Prezidentning ko‘pgina safdoshlari, unga Jazoir 

muammosiga 

barham bera oladigan

, imperiyaning parchalanib ketishini 

to‘xtatib qoladigan qattiqqo‘l kishi sifatida qarardi. Ammo, de Goll,endi 

an’anaviy kalonializm davribarham topganiga ishonchi komil edi. U 

uchinchi dunyo mamlakatlari bilan bo‘ladigan aloqalarning asosida 

o‘zaro foydali iqtisodiy hamkorlik va Fransiyaning har qanday 

davlatning o‘z taqdirini o‘zi belgilashiga befarq qaramaydigan va 

yordam beradigan davlat sifatida obro‘-e’tibori oshishini istar edi. 

Gollizm fransuzlarga neokoalonial siyosatini ishlab chiqdi. 



1958 yil konstitutsiyasiga ko‘ra Fransiya Ittifoqi Xamdo‘stlik deb qayta 

o‘zgartirildi. Hamdo‘stlik suveren davlatlardan tashkil topib unga ko‘ra, 

har bir a’zo davlat to‘la mustaqillik olishi va tashkilotdan erkin chiqib 

ketishi huquqiga ega bo‘ldi. Ittifoqqa a’zo hisoblangan davlatlar 

o‘tkazilgan referendumlar asosida o‘zlarining hamdo‘stlikdagi ishtiroki 

formulasini aniqlab olishga harakat qildilar. Faqatgina Gveniya unga 

a’zo bo‘lishdan voz kechdi va 1958 yil 1 oktabrida mustaqil davlat 

bo‘ldi. Tez orada, tashkilotga a’zo davlatlar hamdo‘stlik safidan birin-

ketin chiqib keta boshladi. 1960 yil yanvarida Kamerun sal keyinroq, 

Gogo, G‘arbiy Afrika va Ekvatorial Fransiya tarkibiga kiruvchi boshqa 

davlatlar ham mustaqillikka erishdi. “Afrika yili” sifatida tarixga kirgan 

1960 yilda, Fransiyaning Afrikdagi mustamlakalaridan 14 tasi mustaqil 

davlatlarga aylandi. Ammo, gollchilar hukumatining tabirkor va puxta 

siyosati tufayli, Fransiya bu hududlarda o‘zining iqtisodiy va siyosiy 

nufuzini nafaqat saqlab qoldi, balki yanada mustahkamladi. 

Konstitutsiyadagi “Hamdo‘stlik” to‘g‘risidagi nizom (qonun) 1995 yilga 

kelib tamomila bekor qilindi. 

Fransiyaning uchinchi dunyo mamlakatlari bilan munosabatlarining 

shakllanishida Jazoirdagi nizoning barham topishi muhim ahamiyat kasb 

etdi. Goh Jazoir millatchilari, goh “ultra” tomonidan amalga 

oshirilayotgan har qanday ekstremistik harakatlarni tugatish uchun 

qattiqlik bilan kurashayotgan de Goll bu masalani huquqiy yo‘l bilan 

yechishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1959 yilning oktabridayoq 

prezident “Jazoir muammosini” jazoirliklarning o‘z taqdirini o‘zlari 

belgilash yo‘li bilan yechishga erishmoqchi ekanligi to‘g‘risida bayonot 

berdi. Bunga qarshi “Ultra” yangi ekstremistik va zulmkorlik harakatlari 

bilan javob berdi. 1960 yil yanvar oyida Jazoir poytaxtida “barrikadalar 

haftasi” nomini olgan fitnaga urinish bo‘lib o‘tdi. Bu voqealar gollchilar 

harakatining zaiflashuviga va undan radikal qanotning ajralib chiqishiga 

sabab bo‘ldi. 

1961 yil 8 yanvarda Fransiya hukumati “Jazoir o‘z taqdirini o‘zi 

belgilash to‘g‘risidagi” huquqini berish haqida referendum tashkil etdi. 

Bu loyihani qo‘llab-quvvatlash 75% saylovchi ovoz berdi. Bu voqelar 

tufayli “ultra” davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Ular 

22 aprelda Jazoirda dislokatsiya qilingan harbiy qo‘shilmalar yordamida, 

poytaxtdagi hokimiyatni egallab olishdi va Fransiya prezidentining 

ag‘darilganini e’lon qilishdi. Fitnaga Salan, Jou, Shal va Ziller kabi 

generallar boshchilik qildi. Hattoki, metrologiya aerodroilarida 



Jazoirdagi harbiy qismlardan parashyutchilar tashlash xavfi ham paydo 

bo‘lib qoldi. Bunday keskin harakatlar qilishga isyonchilarning yuragi 

dov bermadi. Hukumatga sodiq bo‘lgan harbiy kuchlarning Jazoirga 

qayta dislokatsiya qilganidan so‘ng fitna bostirildi. “Ultra”ning radikal 

guruhlari. Maxfiy armiya tashkiloti nomli terroristik tashkil etdilar va 

yashirin (neolegal) faoliyat ko‘rsata boshladilar. 

Deyarli bir yil mobaynida olib borilgan muzokaralardan so‘ng, 1962 yil 

18 martida fransuz hukumati va Jazoir Milliy Ozodlik harakati o‘rtasida 

Evian bitimi imzolandi. Unga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish, Jazoirning 

o‘z taqdirini o‘zi belgilash shartlari va kelajakda Fransiya-Jazoir 

o‘rtasidagi munosabatlarning qonun-qoidalari ishlab chiqildi. 1962 yil 1 

iyulda Jazoirda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng, fransuz hukumati bu 

mamlakatning mustaqilligini rasman tan olganligi haqida e’lon qildi. 

Jazoirdagi inqirozning barham topishi, Fransiyaning arab mamlakatlari 

bilan aloqalarining kengayishiga turtki bo‘ldi. 60-yillarning ikkinchi 

yarmida Fransiyaning uchinchi dunyo siyosatida bu yo‘nalish ustivor 

bo‘ldi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

ADABIYOTLAR:  

1.   


Новейшая история стран Европы и Америки XX век. Частъ 2 

(1945-2000) М., 2001.  

2.   

З.Р.Нуриддинов “Ғарб мамлакатларининг энг янги тарихи” 



(1939-1971). Т., 1976 й.  

3.   


Г.Ҳидоятов, Х.Ғуломов. Всемирная история стран Западной 

Европы и Америки. (1946-1995). Т., 1999 й.  

4.   

Новая и новейщая история. 1990 й. № 5.  



5.   

Криговуз И.М. Крушение “реального социализма” в Европе и 

судьбы освободнвшихся народов. М., 2001.  

6.   


Мосририр. Осень-93. Хроника противостаяния. М., 1995.  

7.   


Медведев В.А. Распад. Как он произошол в “мировой системе 

социализма”. М., 1994. 

8.   

Центрально-Восточная Европа во второй половине XX века, 



т.2. М., 2001.  

9.   


Чешко С. Распад Советского Союза. М., 2000.  

 

Download 246.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling